Mexnatga nisbatan maosh taksimlash

Assalomu alaykum va raxmatulloxu va barakotuxu Aziz shayx xazratlari va axllari.Bizlarga cheksiz va adogi yuk ne’matlarni in’om etgan Alloxga bexad va beadad xamdu sanolar bulsin!Sizlardek Olimlarni dunyoga kelishlariga sababchi bulgan xam bokiy xam dunyoviy amalllarda peshkadam ajdodu-jaddodlaringizdan Allox rozi bulsin.Islomda bizlarga chirok bulib xizmat kilayotgan Sizdek zotlarni Allox ikki dunyo saodatlari bilan mukofotlasin. Aziz shayx xazratim, Sizga ushbu savolni berishimga sabab Rossiyadagi ba’zi yurtdoshlarimizda dinimiz ilmidan nuksonlarimiz borligidir. Uzlari internetga bevosita chika olishmaganligidan men orkali Sizga ushbu savolni yullashmokda. Savol kuyidagicha "kurilish ishlari buyicha usta bir nechta uy egalariga uy kurib berishni shartnoma kilib uzini tanishlaridan 3-4 kishidan xar bir ish joyiga kuyib kurilishni nazorat kilib boradi va moliviy masalalarni uzi xal kilib boradi uy bitgach uy egasi topshiradi va pulini oladi . savol olingan pul kanday bulinsa tugri buladi"Ajratgan vaktingiz uchun Allox uzi munosib takdirlasin va umringizni uzun, ilmingizni nuksonsiz, salomatligingizni komil kilsin, maxlukotlarining yomonligidan uzi asrasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ish boshlashdan oldin kelishib olish kerak. Kim qanday ish qiladi va qancha haq oladi.

2 May 2022, 17:27 | Savol-javoblar | 164 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar