Shomni qasr qilib o‘qib qo‘ysa

Assalomu alaykum! Alloh taolo sizlardan rozi bo‘lsin. Men safarda shom namozini ham qasr o‘qiladi deb 2 rakat o‘qibman. Keyin 3 rakat o‘qiladi va 3-rakatda ham zam sura qo‘shib o‘qiladi deb eshitib qoldim. Shu to‘g‘rimi? Qazo bo‘lagan shom namozi qaysi vaqtda o‘qiladi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shom namozi safarda ham uch rak’at o‘qilishi to‘g‘ri, zam sura qo‘shilishi noto‘g‘ri. O‘sha namozlaringizni qazo o‘qiladigan hamma vaqtda o‘qilaveradi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 06:15 | Savol-javoblar | 171 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar