Restoranga kelgan go‘shtlar

Assalomu alaykum! Ustozlar, men Rossiyada restoranda ishlayman. Harom narsalardan xech narsa tayyorlanmaydi. Bitta muammo bizga olib kelinayotkan go‘sht maxsulotlaridan iste’mol qilamiz. Lekin biz uni qay tarzda so‘yilganini bilmaymiz. Nima qilishimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda ikki narsa asosiy qoida qilib olingan: Birinchisi: Asli harom bo‘lgan narsaning shar’iy yo‘l bilan halol qilingani sobit bo‘lmagunicha u haromligicha qoladi.  Masalan, go‘shti eyiladigan hayvonlar shariatga muvofiq so‘yilmasa, ularning qoni chiqib ketmagani va Allohning ismlaridan birortasi zikr qilinmagani uchun go‘shti haromligicha qoladi. Tasmiya aytib so‘yilgani aniq bo‘lgachgina halol deb hukm qilinadi. Ikkinchisi: Asli halol bo‘lgan narsalarning biror yo‘l bilan harom qilingani sobit bo‘lmasa, ular halolligicha qoladi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 07:08 | Savol-javoblar | 156 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar