zakot dehqonchilik

Ustoz, men issiqxonada meva bermaydigan, manzarali, asosan tuvakka ekilib sotiladigan ko‘p yillik o‘simliklarni (dekorativnolistvennыe rastenie)etishtirib sotish faoliyati bilan shug‘ullanaman.Bu o‘simliklar asosan 6 oydan to 2-3 yil vaqt mobaynida tayyorlanadi.O‘simliklarga ketadigan barcha kommunal (gaz,suv,tok va h.) to‘lovlarni Inshaalloh o‘z vaqtida davlat ishlab chiqarishga belgilagan tarif asosida (hisoblagich orqali) to‘lanadi.Bizni bu mahsulotlarimizni xosil berib tez sotilib ketadigan,ya‘ni xosilni yig‘ib olinishi bilan butun daromad qilinadigan aniq vaqti yo‘q,lekin savdo ko‘p yoki oz bo‘ladigan mavsumlari bor.O‘simliklarni urug‘ini ekishdan boshlab to sotilgunicha alohida tuproq tayyorlanadi.Sugorishda ichimlik suvidan foydalanamiz-suvni o‘zini bosimi etarli-nasos ishlatilmaydi.Odatdagidek erga emas har bir tuvakka quyiladi.Bu holatda zakot beriladimi yoki ushr beriladimi va qanday hisoblab beriladi.savolga javob topolmayappan, javob bering iltimos,ramazon chiqib ketyapti!!!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ushrning yarmi beriladi. Tushgan daromaddan hisoblab chiqariladi.

5 May 2022, 21:39 | Savol-javoblar | 151 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar