Besoqolbozlik va islom
Assalomu alaykum!Savol: Besoqolbozlikni og‘ir gunoh hisoblanishi barcha ma’lum. Achinarli holat shuki, yaqindan beri bachchabozlik dindorlar orasida ko‘payib borayotgani iddao qilinmoqda. Bir fosiq odamning aytishicha, odamda ham erkaklik, ham ayollik garmonlari bo‘lar ekan. Erkak kishi uzoq vaqt jinsiy aloqa qilmasa undagi erlik garmoni o‘lib, ayollik jinsiy garmonlari kuchayib ketarkan, natijada u livotaga chalinarkan. Gapining davomida vodiydagi dindorlik darajasi yuqori bo‘lgan ikki shaharni misol keltirdi. Aytishicha, dindorlik sabab o‘sha erdagilar zino qilmaydi, faqat dinga berilib ketganidan o‘sha dardga mubtalo bo‘ladi (albatta bu gaplar bari islom diniga tuhmatligi ravshan). Bir tanishimizning huquq tartibot idoralarida ishlaydigan do‘sti bir ro‘yxatni unga ko‘rsatgan. Bitta tumanning o‘zidan 200 nafar ana shunday besoqolbozlar topilganligini aytgan. Sir saqlay olmagan do‘sti uni hammaga oshkor qildi.Ustoz besoqolbozlik o‘zi bir kasallikmi? Nima uchun bu og‘ir gunoh musulmonlar bilan birga zikr qilinadigan bo‘lib qoldi? Bu haqida hatto teleko‘rsatuvlar ham ko‘rsatildi. Sizdan iltimos mazkur masalada hozirgi zamon ulamolarining fikrlarini keltirib o‘tsangiz. Savolim nojoiz berilgan bo‘lsa, xatolari bo‘lsa sizdan va musulmon birodarlardan uzr so‘rayman!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu Islom qattiq harom qilgan ish. Musulmon odam bunga chalinadi deyish mutlaqo noto‘g‘ri.
30 Aprel 2022, 07:19 | Savol-javoblar | 201 | Halol va harom
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu Islom qattiq harom qilgan ish. Musulmon odam bunga chalinadi deyish mutlaqo noto‘g‘ri.
30 Aprel 2022, 07:19 | Savol-javoblar | 201 | Halol va harom