Yo‘nalishlar va tushunmagan savolim
Assalomu alaykum! Islom dinining yo‘nalishlari, mazhablar, firqalar haqida qaerdan batafsil ma’lumot olsam bo‘ladi?
2). Bir savolda masjiddan chiqqan kishiga qulf ochtirgan ekan, shuni nima sababdan qildirganini tushunmadim. Javoblaringiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Saytimizning izlash xizmatidan qidiring. Ma’lumotlar bor. 2). Ba’zi bir odamlarda bema’ni qiliqlar ko‘payib ketgan. Folbin nimani buyursa qilaveradigan bo‘lib qolishgan. Ba’zi bir folbinlar huzuriga kelayotgan erga tegolmayotgan qizlar yoki ularning onalariga qulf-kalit olib keltirib o‘zicha dam solgan kishi bo‘lib, “biror yaxshi namozxon odamga ochtirib yuborsangiz qizingizni baxti ochilib ketadi” der ekan. Shunga ishonib shu ishni qilishar ekan. Alloh taolo tavfiq bermasa axmoqlikning chegarasi ham bo‘lmas ekan. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 07:19 | Savol-javoblar | 177 | Dolzarb savollar