Aqida

xazrat. Yakin orada bir karindoshim bir kitobni kursatdi.Kitobning oti: "Durudi Muazzam", "Lavxu Buzruk", Duoi "Ganjul ARSh", "Muxri nubuvvat", "Durudu Toj".Muxarrir: Burxonjon karimovTex.muxarrir: Shuxrat KarimMusaxxix: Ismoil Juraem.Sizga u kitobdan bir lavxa keltiraman: Rosululloxning Muxri Nubuvvatlari xakida munojat. Paygambar (s.a.v.) aydilarki, xar kim bu Muxri Nubuvatni uzi bilan saklasa 72 xosiyati bordirki, xar xojati bulsa ravon bulgay, xar kim bu muxri nubuvvatni kuzlariga surtiv tavof kilsalar, guyo Muxammad (s.a.v.) kurganidek bulur va xar kimga dushvax ish tushsa, xayron bulib tursa, 2 rakat namoz ukisalar xojatlari ravon bulgay, andan sungda bu muxri nubuvvatni to umri boricha izzat kilib yuz kuziga surtsa, kuni bitib, ajali etib ulsa, gurga xamrox bulib borgay, yuzlari moxi tobondek bulib turur, bir xur kiz bulib yonida turur... Shunaka tur kitoblarga kanday munosabat kilish kerak? Paygambarimiz (s.a.v.)dan biror shunga uxshash vokealar bormi? Va, islomda, bir narsani(masalan kitobni) uzi bilan olib yursa balodan saklaydi, baraka, omad olib keladi degan gaplarga ishonsa buladimi?Javobingiz uchun oldindan raxmat. Allox sizdan rozi bulsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu turdagi narsalarni o‘qimaslik kerak. Ulardagi gaplar to‘qima va ishonib bo‘lmaydigan gaplar.

30 Aprel 2022, 07:30 | Savol-javoblar | 137 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar