Telegram kanal yurgazsam bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Men islomiy telegram kanal ochdim. Shu telegram kanalni yuritsam men ribo ish qilgan bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday ish qilish uchun Islom ilmlarini biladigan ahli ilm odam bo‘lish kerak. Sizning savolingizdan islomiy ilmingiz juda zaif ekanligi ko‘rinib turibdi. “Ribo” haqida umuman tushunchasi yo‘q odam qanday musulmonlarning aqida va ibodatlariga, oxiratiga bog‘liq masalalarda kanal yuritmoqchi ekanligini tushunmadik. Savob ish qilaman deb gunohga botib qolmang. Bu ishni dinni biladigan kishilarga qo‘yib bering. Siz avvalo diningizni o‘rganishga harakat qiling. Yaxshi bilimga ega bo‘lganingizdan keyin qilsangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 21:01 | Savol-javoblar | 149 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar