Hadisni tushunmadim

Assalomu alaykum! Ustozlar, Ma’qil ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim subh chog‘ida uch marta «A’uzu bismillahis samiy’il aliym, minash shaytonir rojiym» deb turib, Hashr surasi oxiridan uch oyatni tilovat qilsa, Alloh unga etmish ming farishtani vakil qilib qo‘yadi. Ular unga kech kirguncha salovot aytadilar. Agar u o‘sha kuni o‘lsa, shahid holida o‘ladi. Kim o‘shalarni kech kirganda aytsa, xuddi o‘shandoq bo‘ladi», dedilar».
Shu hadisdagi 3 marta A’uzu bismillahis samiy’il aliym, minash shaytonir rojiym deb keyin Hashr surasi o‘qiladimi yoki 1 marta A’uzu bismillahis samiy’il aliym, minash shaytonir rojiym deb Hashr surasini o‘qib shu xolatni 3 marotaba qaytaramanmi? Ilmsizligimdan sizlardan uzur so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 3 marta A’uzu bismillahis samiy’il aliym, minash shaytonir rojiym deb keyin Hashr surasi o‘qiladi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 07:52 | Savol-javoblar | 173 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar