Ota va farzand

Assalomu alaykum! Qadrli  ustozlarim, man otam bilan qanday muomala qilishni bilmayabman. Uyimizda otamdan tashqari xamma namoz o‘qiydi,  xar namozimda otamga insof so‘rab duo qilaman,  qilgan boshqa duolarim ijobat bo‘lganini ko‘rvomman ammo bu duoyim ijobat bo‘lmayabdi. Otam vaqti-vaqti bilan aroq ichib turadilar, chakadilar va shariatga juda zid gaplarni aytadilar. Man sizlarning sahifangizda o‘qigan savol-javoblarni oila a’zolarimga o‘qib beraman, xammaligi amal qilishadi, bugun otam manga shunday qilishni xam taqiqlab qo‘ydilar. San bir tiyinsan gaping ham bir tiyin deb juda og‘ir so‘zlar bilan xaqorat qilib tashladilar va man bilan gaplashma deb norozi  bo‘lgandek bo‘ldilar. Xatoyim ularga namoz o‘qing sizdan keyin  Qur’on tilovat qilib baxshida qilganimda otam benamoz edilar, aroq ichar edilar deb tushkunlikka tushishni istamayman dedim. Bilaman bu noto‘g‘ri tavba qildim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz bir narsani unutmang, Alloh taolo Qur’on karimda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qarata: “Siz o‘zingiz yaxshi ko‘rgan insonni hidoyatga boshlay olmaysiz, lekin Alloh O‘zi yaxshi ko‘rgan insonni hidoyatga boshlay oladi” degan. Sahobalardan bir nechalarining ham otasi iymon keltirmay vafot topishgan. Hatto payg‘ambardek zotlarni ayoli, farzandlari yoki otalari ham iymon keltirmasdan vafot qilishgan. Siz qo‘pol muomala qilib o‘zingizni oxiratingizni barbod qilib qo‘ymang. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 08:13 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar