Qaynota, erning ukasi va kelin
Assalomu alaykum! Qaynota kelinga maxram ekanligini bilamiz, lekin uni o‘z xukumlari qanday? Kelin bo‘lib tushganimga 3 yil bo‘layapti. 3 yildan buyon men erimdan tashqari qaynotam va erimning ukasiga qarayman kiymlarini (ich kiyimlarini xam) yuvaman. Kirishga uyalsam xam yotoqlarini tozalayman, chunki qaynonam qilmaydilar. Xech bo‘lmasa o‘z erlarini kiyim kechaklariga, eb-ichishiga qaramaydilar. Bir kun qaynonamga bunday qilish menga gunox desam qaynota maxram-ku deb aytdilar va buni xech kim eshitmaganlikka oldi. Erimga aytsam sabr qil meni rozi qilaman desang shu ishlarni qil va menga bu to‘g‘risida gapirma dedilar. Iltimos ayb menda bo‘lsa menga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsating yoki shunday javob beringki uyimdagilar buni o‘qib zora es-xushini yig‘ib olsa.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kelin o‘z ixtiyori bilan qaynota va qaynonaga shariat chagarasida turib xizmat qilishi kelinning ularga qilgan ehsoni hisoblanadi. Ularni duolarini olishga ham sabab bo‘ladi, lekin qaynota va qaynona ichkiyimlarini kelinga yuvdirishi bu o‘ta pastkashlikdir. Qaynog‘a esa kelinga mutlaqo nomahram. Kelinga kirlarini yuvdirish u yoqda tursin hatto gapirishga ham haqqi yo‘q. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 20:06 | Savol-javoblar | 307 | Oila va turmush