Ramozon takvimi

Assalomu alaykum Shayx Xazratlari.Bu yil Ramozon iftorlik vakti kuyosh chikishidan necha soat oldin tugaydi? Matbuotda utgan yilgidan farklirok kursatilmokda. Odatda 1 soat 40 minut oldin tugar edi. Ushbu mas’alaga aniklik kiritib bersangiz.Allox Sizdan rozi bulsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Samura ibn Jundab roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Saharliklaringizdan Bilolning azoni ham, ufqda bundoq bo‘lib ko‘tarilgan oqlik ham sizni aldab qo‘ymasin. Toki, mana bundoq bo‘lib yoyilguncha (bo‘laveradi)», dedilar». Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.Termiziyning lafzida: «Saharliklaringizdan sizni Bilolning azoni ham, balandga ko‘tarilgan fajr ham man’ qilmasin. Lekin ufqga yoyilgan fajr bo‘lsa (bo‘ladi)», deyilgan.Tong otish payti ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqichda yorug‘lik pastdan yuqoriga ko‘tariladi, buni subhi kozib yoki fajri kozib deyiladi. Ya’ni, yolg‘onchi tong degani. Ushbu hadisi sharif hukmiga ko‘ra o‘sha subhi kozib vaqtida saharlik vaqti tugamagan bo‘ladi. Ikkinchi bosqich esa, yorug‘likning ufq bo‘ylab ko‘ndalaniga tarqalishi bilan bo‘ladi. Buni subhi sodiq yoki fajri sodiq, ya’ni, rost tong, deyiladi. Ana shunda og‘izni berkitish vaqti kirgan bo‘ladi. Undan keyin saharlik qilish mumkin emas. Balki Bomdod namozining vaqti kirgan bo‘ladi.Saharlik vaqtini soatga qarab aniqlash borasida men diniy idoraga o‘z fikrimni aytdim. Mendagi xabarga qaraganda bu borada ish olib borilmoqda. E’lon qilinsa kerak.

30 Aprel 2022, 08:46 | Savol-javoblar | 158 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar