Salom berish haqida

Assalomu alaykum! Muhtaram zikr ahlidan so‘rang hay’ati. Darhaqiqat, savolni yozish uchun mo‘ljallangan ushbu sahifada ham avvaldan, tayyor holda «Assalomu alaykum» so‘zi mavjud ekan. Demak, bu so‘z muomala-munosabat uchun, eng muxim va boshlavchi so‘zdir. Korxonamamizda birga ishlaydigan bir ayol bir oycha avval menga tuhmat qildi. Xafa bo‘lsam ham Xudoning farzi deb har kuni salom beraman. Ammo u salomga alik olmay o‘tib ketadi. Ish yuzasidan to‘g‘ri kelganda gapiraman, savol beraman. Ba’zan qisqa javob beradi, ba’zan eshitmagandek o‘tiraveradi. Men shunday munosabatda bo‘lishim to‘g‘rimi? Balki aliksiz qolayotgan salomni bermay qo‘ya qolganim yaxshidir. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Salom farz emas. Qolaversa alik olmasa uni gunohkor qilib salom bermang. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 08:46 | Savol-javoblar | 143 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar