Islomni ustuni haqida hadis
Assalomu alaykum! Bir maruzada eshitib qoldim "Islomni ustuni namoz va islomni cho‘qqisi jihod" didi. Shu gap qanchali to‘g‘ri? Agar to‘g‘ri bo‘lsa qanday qilib amal qilsak bo‘ladi, jihod so‘zi keng manodaku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu hadisda vorid bo‘lgan bo‘lib, bu erdagi “jihod” Allohning so‘zini oliy qilish uchun qilinadigan jihod hisoblanadi. Quyida hadisning to‘liq matnini keltiramiz: عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كُنْتُ مَعَ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي سَفَرٍ فَأَصْبَحْتُ يَوْمًا قَرِيبًا مِنْهُ وَنَحْنُ نَسِيرُ فَقُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ أَخْبِرْنِي بِعَمَلٍ يُدْخِلُنِي الْجَنَّةَ وَيُبَاعِدُنِي عَنِ النَّارِ قَالَ: لَقَدْ سَأَلْتَنِي عَنْ عَظِيمٍ وَإِنَّهُ لَيَسِيرٌ عَلَى مَنْ يَسَّرَهُ اللهُ عَلَيْهِ: تَعْبُدُ اللهَ وَلاَ تُشْرِكْ بِهِ شَيْئًا وَتُقِيمُ الصَّلاَةَ وَتُؤْتِي الزَّكَاةَ وَتَصُومُ رَمَضَانَ وَتَحُجُّ الْبَيْتَ ثُمَّ قَالَ: أَلاَ أَدُلُّكَ عَلَى أَبْوَابِ الْخَيْرِ الصَّوْمُ جُنَّةٌ وَالصَّدَقَةُ تُطْفِئُ الْخَطِيئَةَ كَمَا يُطْفِئُ الْمَاءُ النَّارَ وَصَلاَةُ الرَّجُلِ مِنْ جَوْفِ اللَّيْلِ شِعَارُ الصَّالِحِيْنَ قَالَ: ثُمَّ تَلاَ - تَتَجَافَى جُنُوبُهُمْ عَنِ الْمَضَاجِعِ - حَتَّى بَلَغَ - يَعْمَلُونَ - ثُمَّ قَالَ: أَلاَ أُخْبِرُكَ بِرَأْسِ اْلأَمْرِ وَعَمُودِهِ وَذِرْوَةِ سَنَامِهِ قُلْتُ: بَلَى يَا رَسُولَ اللهِ قَالَ: رَأْسُ اْلأَمْرِ اْلإِسْلامُ وَعَمُودُهُ الصَّلاَةُ وَذِرْوَةُ سَنَامِهِ الْجِهَادُ ثُمَّ قَالَ: أَلاَ أُخْبِرُكَ بِمَلاَكِ ذَلِكَ كُلِّهِ قُلْتُ بَلَى يَا نَبِيَّ اللهِ فَأَخَذَ بِلِسَانِهِ وَقَالَ: كُفَّ عَلَيْكَ هَذَا فَقُلْتُ: يَا نَبِيَّ اللهِ وَإِنَّا لَمُؤَاخَذُونَ بِمَا نَتَكَلَّمُ بِهِ فَقَالَ: ثَكِلَتْكَ أُمُّكَ يَا مُعَاذُ وَهَلْ يَكُبُّ النَّاسَ فِي النَّارِ عَلَى وُجُوهِهِمْ أَوْ عَلَى مَنَاخِرِهِمْ إِلاَّ حَصَائِدُ أَلْسِنَتِهِمْ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ فِي اْلإِيْمَانِ وَصَحَّحَهُ Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan safarga chiqqan edim. Ketib borayotganimizda u zotga yaqinlashib:
«Ey Allohning Rasuli, menga, meni jannatga kiritadigan va do‘zaxdan uzoqlashtiradigan amalning xabarini bering», dedim.
«Batahqiq, buyuk narsani so‘rading. Zotan, u Alloh muyassar qilgan kimsa uchun juda ham osondir. Allohga ibodat qilursan. Unga hech narsani shirk keltirmassan hamda namozni qoim qilursan. Zakotni ado qilursan. Ramazon (ro‘zasi)ni tutursan. Baytni haj qilursan», dedilar. So‘ngra: «Seni yaxshilik eshiklariga dalolat qilib qo‘yaymi? Ro‘za saqlovchidir. Sadaqa xuddi suv olovni o‘chirgandek, xatolarni o‘chiradi. Kishining kechasi o‘qigan namozi solihlarning shioridir», dedilar va «Yonboshlari yotar joylaridan jafoda bo‘lurlar» oyatini tilovat qildilar. So‘ngra esa:
«Senga ishning boshi, umurtqa pog‘onasi va o‘rkachining cho‘qqisi haqida xabar beraymi?» dedilar.
«Ore, ey Allohning Rasuli», dedim.
«Ishning boshi Islomdir. Uning umurtqa pog‘onasi namozdir. O‘rkachining cho‘qqisi esa, jihoddir», dedilar. So‘ngra esa:
«Senga o‘shalarning hammasiga molik bo‘lgan narsaning xabarini beraymi?» dedilar. Men:
«Ore, ey Allohning Payg‘ambari», dedim.
Shunda u zot tillarini tutdilar va: «Mana buni tiygin!» dedilar.
«Ey Allohning Payg‘ambari, biz gapirgan narsamiz uchun, albatta, (iqobga) olinamizmi?» dedim.
«Onang azangni tutsin, ey Muoz. Odamlarni tillarining mahsuli do‘zaxga yuztuban (yoki tumshuqlari ila) tushirmasa, nima tushirar edi!» dedilar».
Imom Termiziy «Iymon» bobida rivoyat qilgan.
Sharh: Ushbu hadisda har bir mo‘min bilishi va amal qilishi lozim bo‘lgan ulkan ishlarga dalolat bor.
Bu ishlarni birma - bir ko‘rib chiqishdan oldin sahobai kiromlarning, xususan, Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuning solih banda bo‘lish uchun qanchalar ishtiyoqmand ekanliklarini tushunib etishimiz va ulardan o‘rnak olishimiz kerak.
hazrati Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuning Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bu borada qilgan iltimoslariga nazar soling:
«Ey Allohning Rasuli, menga, meni jannatga kiritadigan va do‘zaxdan uzoqlashtiradigan amalning xabarini bering».
Demak, maqsad nima qilib bo‘lsa ham jannatga kirish emas. Maqsad - jannatga do‘zaxdan uzoqlashgan holda, unga yaqinlashmay turib kirish.
Bugungi kishilardan ba’zilari esa, falon ishni qilsa jannatga kirar ekan, biz ham qilganmiz, deb umrida biror marta iyd namoziga borib qo‘ygani yoki shunga o‘xshash bir narsani aytadilar.
To‘g‘ri, o‘sha qilingan ish uchun ma’lum muddat jannat mukofoti bo‘lishi mumkin, ammo tark qilingan har bir farz yoki vojib uchun, o‘qilmagan har bir rakat namoz, tutilmagan har bir lahza ro‘za, berilmagan har bir tiyin zakot uchun qanchadan-qancha do‘zaxda yotish ham bor, deyilsa, e’tibor bermaydilar.
Bu o‘ta mas’uliyatsizlik, Allohning dinini pisand qilmaslikdir. Aslida mo‘min-musulmon banda jannatga eltuvchi har bir amalni kichik demasdan qilishi, do‘zaxga eltuvchi har bir narsadan qochishi kerak. Chunki jannatga kirib, do‘zaxdan uzoqlashib qolish Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ushbu hadisi sharifda aytganlaridek, buyuk, lekin Alloh muyassar qilganlar uchun oson ishdir.
Ana endi bu hadisda zikri kelgan o‘ta muhim ishlarni birma-bir ko‘rib chiqaylik:
I. Insonni jannatga kiritib do‘zaxdan uzoqlashtiradigan ishlar:
1 .«Allohga ibodat qilursan. Unga hech narsani shirk keltirmassan».
Demak, e’tiqodda ham, amalda ham yolg‘iz Alloh taoloning O‘zigagina ibodat qilib, U zot e’tiqod qil, degan narsalariga e’tiqod qilib, amrlariga bo‘ysinib, ko‘rsatmasi ila O‘ziga itoat qilgan holda yashab o‘tish lozimdir.
2. «Namozni qoim qilursan».
Demak, bandaning do‘zaxni chetlab, jannatga kirishi uchun zarur va lozim omillardan biri namozni qoim qilib, to‘kis o‘qishidir. Namoz farz bo‘lgandan boshlab, umr oxirigacha uni bir rakat ham qoldirmay o‘qishga harakat qilish va uni ado etishdir. Namoz o‘qimagan odam bu baxtga muyassar bo‘la olmaydi. Shuningdek, yolg‘iz iyd yoki juma namozini o‘qib yurganlar ham o‘zlarini namozni qoim qilganlar qatoriga qo‘sha olmaydilar.
3. «Zakotni ado qilursan».
Moli nisobga etgan musulmon odam uchun zakot bermoq xuddi iymondek va namoz o‘qishdek farzdir. Zakotni inkor qilgan odam kofir bo‘ladi, uni e’tirof qilib turib bermagan odam esa, osiy bo‘ladi. Jahannamni chetlab, jannatga kirishni xohlagan banda boshqa ibodatlar qatori zakotni ham ado etishi lozimu lobuddir.
4. «Ramazon (ro‘zasi)ni tutursan».
Bandani jahannamni chetlab jannati na’imga kirishi uchun zarur bo‘lgan omillardan biri Alloh taolo farz qilgan Ramazon oyi ro‘zasini iymon va ixlos ila tutishdir. Busiz do‘zaxni chetlash ham, jannatga kirish ham mumkin emas.
5. «Baytni haj qilursan».
Baytni haj qilish qodir bo‘lganlarga umrida bir marotaba farz ekanligi hammaga ma’lum va mashhur.
Jannatga kirmoqchi, jahannam azobidan qutulib qolmoqchi bo‘lgan har bir banda Islomning besh rukniga og‘ishmay amal qilmog‘i lozim. Islom Alloh tomonidan yuborilgan mukammal va barkamol din. Musulmon esa o‘sha mukammal dinga mukammal amal qiladigan odamdir.
Nima uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuning meni jannatga kiritadigan va do‘zaxdan uzoqlashtiradigan amalning xabarini bering, degan iltimosiga kalimai shahodatni aytmog‘ing, deb javob bermadilar?
Lekin shu bilan barobar kim namoz o‘qisa, jannatga kiradi, kim ro‘za tutsa, jannatga kiradi yoki kim zakot bersa jannatga kiradi, kim haj qilsa jannatga kiradi, degan hadislar ham bor. Hatto ba’zi hadislarda bir mushukni o‘limdan qutqarib qolgan ayolning jannatga kirishi haqida ham ta’kid kelgan. Bu boshqa ishlarni, ibodatlarni qilish kerak emas, degani emas. Balki o‘sha zikr etilayotgan ibodatga kishilarni targ‘ib qilishdir.
Odatda insonlar orasidagi oddiy muomalalarda ham falon ishni qilsang maqsadingga etasan, deyiladi. Bu bir o‘sha ish bilan murod hosil bo‘ladi, boshqasini qilma, degani emas. Balki mazkur ishning ahamiyatini ta’kidlash, xolos.
Qolaversa, banda jannatga kiritadigan va do‘zaxdan uzoqlashtiradigan besh rukn bilan ham kifoyalanib qolmasligi kerak. Shuning uchun ham ushbu hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuga u kishi so‘ramasalar ham boshqa ishlarni bayon qilib bermoqdalar.
«Seni yaxshilik eshiklariga dalolat qilib qo‘yaymi?» demoqdalar.
Demak, mo‘min-musulmon qanday qilib bo‘lsa ham do‘zaxga tushmaslik, do‘zaxdan qutulib qolish niyati bilan emas, balki undan ko‘ra yuqoriroq darajalarni ko‘zlab yashamog‘i lozim. Mo‘min-musulmon banda yaxshilik eshiklarini axtarib yurishi, undan kirishi lozim. Unga rahm qilib habib Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam yaxshilik eshiklarini o‘zlari ko‘rsatib bermoqdalar.
II. Mo‘min uchun yaxshilik eshiklari:
1. «Ro‘za saqlovchidir».
Farz ro‘za oldin zikr qilingani uchun ushbu iboradagi ro‘zadan nafl ro‘za ko‘zda tutilgani o‘z-o‘zidan ravshan. Demak, mo‘min-musulmon banda o‘zi uchun yaxshilik eshigining ochilishini istasa, faqat farz ro‘za bilan kifoyalanib qolmay nafl ro‘za ham tutishi kerak.
Chunki ro‘za saqlovchidir.
Chunki Ro‘za ro‘zadorni turli yomon ishlardan va gap-so‘zlardan saqlovchidir.
Shahvatga berilishdan saqlovchidir.
Yomon axloqlardan saqlovchidir.
Turli-tuman kasalliklardan saqlovchidir.
Shundoq ekan, ro‘za mo‘min-musulmon kishi uchun yaxshilik eshiklaridan bo‘lmay, nima bo‘lsin?
2. «Sadaqa, xuddi suv olovni o‘chirganidek, xatolarni o‘chiradi».
Zakot moliyaviy farz ibodat bo‘lsa, sadaqa moliyaviy nafl ibodatdir. Demak, mo‘min-musulmon inson faqat moliyaviy farz ibodat bilan kifoyalanib qolmay moliyaviy nafl ibodat qilib ham turishi kerak.
Xo‘l-quruqni kuydirib borayotgan olovni suv o‘chirgani kabi insonning ikki dunyosini kuydirib borayotgan gunohlarini sadaqa o‘chiradi.
Shuning uchun bilib-bilmay qilgan gunoh-xatolarim o‘chib tursin, degan inson beva-bechoralarga, faqir fuqarolarga, etim-esirlarga sadaqa qilib turishi kerak. Ana shunda maqsadga erishadi. Shundoq ekan, sadaqa qilish yaxshilik eshiklaridan biri bo‘lmay, nima bo‘lsin?!
3. «Kishining kechasi o‘qigan namozi solihlarning shioridir».
Farz namoz bandani do‘zaxni chetlab jannatga kirishini ta’minlasa, kechasi o‘qiladigan nafl namoz uni solihlar darajasiga ko‘taradi. Kechasi turib bedor bo‘lib, tahajjud namozlarini bardavom o‘qib yurmagan kishi solihlik da’vosini qila olmaydi.
ha, tun qa’rida g‘ofillar uxlab yotganida bedor bo‘lib, o‘z Robbisi ila munojotda bo‘lib, tahajjud namozi o‘qib, solihlar shiorini qoim qilgan bandalargina o‘zlari uchun yaxshilik eshiklaridan birini ochgan bo‘ladi. Bundoq bandalarni Alloh taolo ham O‘z kalomida madh etmish.
Shuning uchun Allohning Rasuli sollallohu alay-hi vasallam Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuga o‘sha oyati karimani tilovat qilib bermishlar:
«Yonboshlari yotar joylaridan jafoda bo‘lurlar».
Ya’ni yonboshlari rohat joydan uzoqda bo‘lib, yotmasdan namoz o‘qish bilan mashg‘ul bo‘lurlar.
Darhaqiqat, tunda bedor bo‘lib, nafl namoz o‘qish kishini ulkan fazlga ega qiladi va unga yaxshilik eshigini ochadi.
Shuning uchun o‘ziga yaxshilik eshigi ochilishini istagan har bir mo‘min-musulmon kechasi tahajjud namozi o‘qib turishni odat qilib olishi kerak.
Mo‘min-musulmon inson o‘zining jannatga kirishi, do‘zaxdan butunlay qutulishi va o‘zi uchun yaxshilik eshiklarining ochilishi bilan kifoyalanib qolmasligi kerak.
Shuning uchun ham habib Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadisning davomida Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuga:
«Senga ishning boshi, umurtqa pog‘onasi va o‘rkachining cho‘qqisi haqida xabar beraymi?» dedilar».
Allohning Rasuli sollallohu alayhi vasallamdan bo‘lgan bu taklifga har bir musulmon Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuga qo‘shilib:
«Ore, ey Allohning Rasuli», deyishi turgan gap. Ishning boshi, umurtqa pog‘onasi va o‘rkachining cho‘qqisi nimadir?.
1. «Ishning boshi Islomdir».
Ikki dunyo ishining boshi Islomdir.
Boshsiz tana hech narsaga arzimaganidek, Islomsiz bo‘lgan hamma ishlar ham hech narsaga arzimaydi.
Shuning uchun har bir ish Islomga muvofiq, islomiy ravishda bo‘lishi shart. O‘shandagina ishning boshi bo‘ladi. Tananing boshqa a’zolari ham yaxshi harakat qiladi.
2. «Uning umurtqa pog‘onasi namozdir».
hech bir jonzot umurtqa pog‘onasisiz tiklana olmaydi, harakatga kelmaydi. Agar umurtqa pog‘onasi bir oz shikastlansa ham og‘ir ahvolga tushib qoladi. Namoz ishning umurtqa pog‘onasi ekanligi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tomonlaridan ta’kidlanganidan keyin, qolganini bilib olsaversa, bo‘ladi.
Namozning ahamiyatini yaxshilab tushuntiruvchi ushbu o‘xshatish mo‘min-musulmonman degan insonning zehnida yaxshi o‘rnashgan bo‘lishi kerak.
3. «O‘rkachining cho‘qqisi esa, jihoddir».
Demak, musulmon inson orzu qilishi mumkin bo‘lgan eng oliy martaba Alloh yo‘lida o‘zidagi butun imkoniyatlarga qo‘shib, jonini ham fido qilishga urinishdir. Har bir mo‘min-musulmon ana o‘sha cho‘qqiga chiqishni o‘zining oliy maqsadi qilib qo‘ymog‘i lozim.
Mazkur ishlarni amalga oshirish bilan birga, bitta narsaga o‘ta ehtiyot bo‘lish kerak. O‘sha narsa ularning hammasiga molik, u bilan mazkur ishlar ham habata bo‘lib ketish xavfi bor. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Senga o‘shalarning hammasiga molik bo‘lgan narsaning xabarini beraymi?» dedilar.
Va Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuning tasdiqlaridan keyin:
«U zot tillarini tutdilar va: «Mana buni tiygin!» dedilar.
«Ey Allohning Payg‘ambari, biz gapirgan narsamiz uchun, albatta, (iqobga) olinamizmi?» dedi Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu. Bunga javoban Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

Ushbu «Onang azangni tutsin» deb tarjima qilgan jumlamiz arab tilida qarg‘ish ma’nosida emas, tanbeh uchun ishlatiladigan odatiy jumladir.
Bunga o‘xshash jumlalar boshqa halqlarda ham mavjud. Misol uchun, bizda «hah, enang o‘lsin!» deb qo‘yiladi.
«Do‘zaxga yuztuban (yoki tumshuqlari ila)» degani esa, roviyning sharhidir.
To‘g‘ri, bandaning tili boshiga balo bo‘lishi mumkin. Har ne kelsa boshingga, tilingdandir, deb bejiz aytilmagan. Tilini tiymagan odam har xil kufr, shirk, gunoh so‘zlarni gapirib qo‘yib, iymondan chiqishi hech gap emas.
Shuningdek, tiliga erk bergan odam o‘qigan namozi, tutgan ro‘zasi, bergan zakoti va qilgan hajini habata qilib yuborishi juda ham oson.
Shuning uchun har bir mo‘min-musulmon tiliga o‘ta ehtiyot bo‘lmog‘i lozim. Doimo faqat iymon-Islom, odob-axloq doirasidagi so‘zlarni gapirmog‘i lozim. Kufr, shirk, gunoh, yolg‘on, g‘iybat, bo‘hton gaplarni zinhor tiliga olmasligi zarur.
Haqiqiy mo‘min-musulmon bo‘lishni, oliy maqomlarga erishishni xohlasak, ushbu hadisi sharifni yaxshilab o‘rganib, unga amal qilishga astoydil tirishmog‘imiz lozim. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 15:09 | Savol-javoblar | 190 | Aqiyda