Hadis
Assalomu alaykum! Men bir hadisni o‘qib qoldim «jannibu sibyanakumul masajida». Ya’ni «Baraka topgurlar, voyaga etmagan farzandlaringizni masjiddan yiroq qilinglar» hadisidagi «voyaga etmagan» deganda aqlini tanimagan farzandlar nazarda tutilganmi? Ya’ni 3-4 yoshdagimi yoki 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar nazarda tutilganmi? Chunki shu hadisni hujjat qilib 18 yoshdan kichik bo‘lganlar masjidlarga kirgizilmas ekan. Javobingiz uchun oldindan tashakkur, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalo bu hadis sahih emas. Undan tashqari hadisdagi sobiydan murod sutdan chiqamagan boladir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yosh bolalarni masjidga kirishlariga ruxsat berganlar hamda qizlari Zaynab onamizning qizlari Umomani elkalariga opichtirib olib namoz ham o‘qiganlar. “Bola etti yoshga kirganida namoz o‘qishga buyuringlar, o‘n yoshga kirib namoz o‘qimasa uringlar” deganlar. Odatda barcha farz namozlari jamoatda o‘qiladi. Ushbu hadisdan shu yoshdagi bolalarni masjidga borishlariga targ‘ib qilish tushuniladi. Imom Buxoriy rahmatullohi alayh haqlarida yoshliklarida u kishini onalari masjidga qatnovchi musulmonlarga qo‘shib berishlari zikr qilingan. Yuqoridagi zaif hadisni dalil qilib bolalarni masjiddan qaytaruvchilar hadisni noto‘g‘ri talqin qilib gap o‘yini qilmoqdalar. Bunday qilish yahudiylarning ishlaridan bo‘lib, Alloh taolo ular haqida “Niso” surasida marhamat qiladi: مِّنَ الَّذِينَ هَادُواْ يُحَرِّفُونَ الْكَلِمَ عَن مَّوَاضِعِهِ... وَلَكِن لَّعَنَهُمُ اللّهُ بِكُفْرِهِمْ فَلاَ يُؤْمِنُونَ إِلاَّ قَلِيلاً 46. Yahudiy bo‘lganlardan kalimalarni o‘z o‘rnidan o‘zgartiradiganlar bor.... Lekin Alloh ularni kufrlari sababli la’natladi. Bas, ozginalaridan boshqalari iymon keltirmaslar. Undaylar haqida “Moida” surasida ham: يَا أَيُّهَا الرَّسُولُ لاَ يَحْزُنكَ الَّذِينَ يُسَارِعُونَ فِي الْكُفْرِ مِنَ الَّذِينَ قَالُواْ آمَنَّا بِأَفْوَاهِهِمْ وَلَمْ تُؤْمِن قُلُوبُهُمْ وَمِنَ الَّذِينَ هِادُواْ سَمَّاعُونَ لِلْكَذِبِ سَمَّاعُونَ لِقَوْمٍ آخَرِينَ لَمْ يَأْتُوكَ يُحَرِّفُونَ الْكَلِمَ مِن بَعْدِ مَوَاضِعِهِ يَقُولُونَ إِنْ أُوتِيتُمْ هَذَا فَخُذُوهُ وَإِن لَّمْ تُؤْتَوْهُ فَاحْذَرُواْ وَمَن يُرِدِ اللّهُ فِتْنَتَهُ فَلَن تَمْلِكَ لَهُ مِنَ اللّهِ شَيْئًا أُوْلَئِكَ الَّذِينَ لَمْ يُرِدِ اللّهُ أَن يُطَهِّرَ قُلُوبَهُمْ لَهُمْ فِي الدُّنْيَا خِزْيٌ وَلَهُمْ فِي الآخِرَةِ عَذَابٌ عَظِيمٌ 41. Ey Rasul! Og‘izlari ila «Iymon keltirdik» deb, qalblari iymon keltirmaganlar va yahudiy bo‘lganlardan iborat kufrga oshiqayotganlar seni mahzun qilmasin. Ular yolg‘onga ko‘p quloq soluvchilar, senga kelmagan boshqa qavmga ham ko‘p quloq soluvchilardir. Kalimalarni o‘z o‘rinlaridan (qaror topganidan) keyin o‘zgartirurlar. Ular: «Agar sizga ushbu berilsa, olinglar, agar bu berilmasa, hazir bo‘linglar», – derlar. Alloh kimni fitnaga solishni iroda qilsa, unga Allohdan biron narsaga molik bo‘la olmassan. Ana o‘shalar Alloh qalblarini poklashni iroda qilmagan kimsalardir. Ularga bu dunyoda sharmandalik bor. Ularga oxiratda ulkan azob bor. Ushbu oyati karimada zikri kelayotgan «Og‘izlari ila «Iymon keltirdik» deb, qalblari iymon keltirmaganlar»dan murod munofiqlardir. Demak, ushbu oyati karima munofiqlar va yahudiylar haqida nozil bo‘lgan. Ma’lumki, munofiqlikning kelib chiqishi ham yahudiylarga borib taqaladi. Ushbu oyatlarning nozil bo‘lishining sababi haqida imom Ahmad ibn Hanbal Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda quyidagilar aytiladi: «Alloh taolo bu oyatlarni yahudiylarning ikki toifasi to‘g‘risida nozil qilgan. Johiliyat davrida ulardan biri ikkinchisini engganidan so‘ng o‘zaro kelishib: – Agar obro‘li toifa obro‘siz toifadan biror kishini o‘ldirib qo‘ysa, ellik vasaq xun to‘laydi. Ammo obro‘siz toifa obro‘li toifadan biror kishini o‘ldirib qo‘ysa, yuz vasaq xun to‘laydi, – deyishgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kelgunlaricha mazkur shartnoma asosida ish tutar edilar. U kishi kelganlaridan keyin obro‘siz toifa obro‘li toifadan bir kishini o‘ldirib qo‘ydi va orada janjal chiqdi. Obro‘li toifa o‘ldirilgan a’zosi uchun yuz vasaq xun talab qildi. Obro‘siz toifa esa: – Dini bir, nasabi bir, yurti bir ikki toifa a’zolaridan birining xuni ikkinchisinikidan ikki barobar bo‘lishi qaerda bor? Biz avvallari sizning siquvingiz ila, qo‘rqqanimizdan berar edik. Endi esa Muhammad kelgach, bermaymiz, – dedilar. Oralarida urush chiqishiga oz qoldi. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni o‘rtaga hakam qilishga kelishdilar. Bir ozdan so‘ng obro‘li toifa o‘zaro kengashib: – Allohga qasamki, Muhammad ulardan bizga ikki barobar xun olib bermaydi. Ular rost aytishadi: ko‘p miqdor xunni bizning siquvimiz ostida, bizdan qo‘rqqanlaridan berar edilar. Muhammadga bildirmasdan, odam yuboringlar, uning fikrini bilib kelsin. Agar sizlar xohlaydigan narsani beradigan bo‘lsa, uni hakam qilasizlar. Agar uni bermaydigan bo‘lsa, hazir bo‘lasizlar va hakam qilmaysizlar, – deb, ba’zi munofiqlarni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga pinxona yubordilar. Alloh Payg‘ambariga ularning xabarini berdi va rejalarini bildirib: «Ey Rasul! Og‘izlari ila «Iymon keltirdik», deb, qalblari iymon keltirmaganlar va yahudiy bo‘lganlardan iborat kufrga oshiqayotganlar seni mahzun qilmasin» oyatini «fosiqun»gacha nozil qildi». Alloh taolo bu oyatni Nabiy sollallohu alayhi vasallamga u kishining payg‘ambarlik sifatlari bilan xitob qilib: «Ey Rasul!» – deb boshlamoqda. So‘ngra ikki toifa odamlarning qilmishlaridan xafa bo‘lmaslikka chaqirmoqda. «Og‘izlari ila «Iymon keltirdik», deb, qalblari iymon keltirmaganlar va yahudiy bo‘lganlardan iborat kufrga oshiqayotganlar seni mahzun qilmasin». Demak, og‘izda «iymon keltirdik» deyish bilan odam bolasi musulmon bo‘lib qolmas ekan. Og‘iz bilan keltirilgan iymonni qalb va amal tasdiqlagandagina iymoniga ishonsa bo‘ladi. Bu holat ayniqsa, bugungi kunimizda keng tarqalgandir. Og‘zi bilan iymon-Islomni da’vo qiluvchilar juda ham ko‘p. Ammo ish bilan tasdiqlashga kelganda, aksariyati o‘zini chetga oladi. Bundaylar «Kishining dini qalbida bo‘ladi», «Islom dinining amallarini qilmaganimiz bilan dilimizda bu dinga hurmatimiz bor», deb so‘zamollik qiladilar. Bularning hammasi nifoq, behuda gap. Yahudiylarning kimligi qadimdan ma’lum. Ularning qilmishlari oyatning nozil bo‘lish sababi haqidagi rivoyatda zikr qilingan. Alloh taolo ularning mazkur qilmishlaridan xafa bo‘lmaslik kerakligini Payg‘ambariga uqtirmoqda: «Ular yolg‘onga ko‘p quloq soluvchilar, senga kelmagan boshqa qavmga ham ko‘p quloq soluvchilardir». Ya’ni sening huzuringda bir jinoyat haqida fatvo so‘rab kelgan munofiq yahudiylar sening haqingda gapirilgan yolg‘onni ko‘p eshitadilar. Bir guruh odamlarni savol berish uchun oldingga yuborib, o‘zlari kelmay qolgan boshqa yahudiylardan ham sen haqingdagi yolg‘onlarni ko‘plab tinglaydilar. Yana Ular «Kalimalarni o‘z o‘rinlaridan (qaror topganidan) keyin o‘zgartirurlar». Ya’ni ular Tavrotdagi so‘zlarni o‘z joyidan o‘zgartiradilar va o‘rniga boshqa so‘zlarni qo‘yadilar. Ma’nosini buzib aytadilar. Jumladan, mazkur jinoyatning hukmi haqida Tavrotda kelgan so‘zlarni ham o‘zgartirganlar. «Ular: «Agar sizga ushbu berilsa, olinglar, agar bu berilmasa, hazir bo‘linglar», – derlar». Ya’ni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga fatvo so‘rab kelish uchun odam yuborayotgan yahudiylar vositachilarga: «Agar Muhammad sizlarga ushbu jinoyat haqida engil hukm aytsa, qabul qilinglar, agar engil hukm aytmasa, ehtiyot bo‘linglar, u hukmni olmanglar», – deyishadi. Ko‘rinib turibdiki, ular shariat hukmiga amal qilmoqchi emaslar. O‘zlarining ko‘ngillariga yoqsa, olib, yoqmasa, rad qilmoqchilar. Yahudiylar Tavrotdagi hukm og‘ir ekanini biladilar. Unga amal qilmasliklari voqe’likdagi bor narsa. Iymon keltirib, musulmon ham bo‘lmaganlar. Ammo havoyi nafslaridagi hukmni tasdiqlash uchun Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga murojaat etib, engil hukm bo‘lsa, olishmoqchi. Keyin esa, mana, bu hukmni bizga Falonchi o‘zi belgilagan, deb o‘zlariga hujjat qilishmoqchi. Bugungi kunda xuddi shu xildagi odamlar juda ko‘payib ketgan. O‘zi Islom shariatiga umuman amal qilmaydi. Umrida boshi sajda ko‘rmagan. Ba’zan nochor holga tushib qolgan paytda shariatning hukmini so‘rab qoladi. Mabodo shariat hukmi uning xohishiga to‘g‘ri kelib qolsa, «Biz bu ishni shariatga mos qilmoqdamiz», deb kerilib yuradi. To‘g‘ri kelmasa, «Bu qadimgi zamonga mos hukm, hozir sharoit o‘zgarib ketgan, nima bo‘lsa ham, ko‘nglimiz toza», deb ketaveradi. Mana shu qilmishining o‘zi uning ko‘ngli buzuq va iflos ekanini bildiradi. Bunday odamlarni oyati karimada «kufrga oshiqayotganlar» deb ta’riflanmoqda. Avval aytilganidek, Alloh taolo Payg‘ambariga bunday kufrga oshiqayotganlarning qilmishlaridan xafa bo‘lmaslikni tayinladi va ularning fitna yo‘lida yurganlarini bayon qilib: «Alloh kimni fitnaga solishni iroda qilsa, unga Allohdan biron narsaga molik bo‘la olmassan», – dedi. Mazkur shaxslar fitna yo‘lida yuribdilar, Alloh ularni fitnaga solib qo‘ygan, xafa bo‘lish, kuyinishning hojati yo‘q. Baribir foyda qilmaydi. Buning ustiga: «Ana o‘shalar Alloh qalblarini poklashni iroda qilmagan kimsalardir». Ularning qalblari nopok. O‘zlari shuni xohladilar. Qalblari nopok bo‘lmaganda, mazkur ishlarni qilmas edilar. Ularning niyati buzuq bo‘lgani uchun Alloh ham qalblarini poklashni iroda qilmadi. Binobarin: «Ularga bu dunyoda sharmandalik bor. Ularga oxiratda ulkan azob bor». ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 08:46 | Savol-javoblar | 166 | Hadislar