Ro‘zaga oid savollar

Assalomu alaykum! Ramazon oyida shaytonlar saharlidan iftorgacha kishalanadimi yoki 1 oygami?
2. Iftorlik qilgandan so‘ng xozirgi kunda shom nomozini qancha vaqt ichida o‘qiladi? Quyosh botib qolmasligi uchun. Shom 19:52da kirsa 20 15 lada kech bo‘lib qolmidimi?
3. Ro‘zada sochini yuvsa bo‘ladimi?
4. Agar ro‘zador odam saxarlikdan keyin uxlasa va ehtilom bo‘sa ro‘zasi ochilmaydimi va g‘usl qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bir oyga. Shayton kishanlanganida ham kishi gunohlarda bardavom bo‘lishi unday insonning gunohlariga shayton sababchi emasligi, o‘zining nafsi xakalak otganligining belgisidir. Alloh taolo “Yusuf” surasida Yusuf alayhissalomning “O‘zimni oqlamayman. Albatta, nafs, yomonlikka undovchidir” degan so‘zlarini keltirgan. 2). Xufton vaqti kirguncha shomning vaqti bo‘ladi. 3). Ro‘zasi ochilmaydi. G‘uslda burunni suv olishda achishtiradigan darajada olinmaydi, g‘arg‘ara ham qilinmaydi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 09:28 | Savol-javoblar | 176 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar