soat nechida og‘iz yopish zarur

Assalomu alaykum shayx janoblari oldingi bergan savolimga javob berganingiz uchun sizga katta raxmat.Xazrat ruza tutadigan inson bomdod kirmasidan oldin turib iftrolik qilish kerak. Xozirgi kunda bomdod 2:40da kirib kelsa nafl ro‘za tutish uchun bomdod nomozi kirishidan 1 soat oldin turish kerak bo‘ladi. Men ishdan doimo 23:00ga kelaman xuftonni o‘qib bo‘lgunimcha soat tungi 12 bo‘ladi va ozgin tv tomosha qilaman shu davrda soat 1:00 va undan o‘tgan bo‘ladi.Men shu vaqtda nafl ro‘zani tutib uxlasam bo‘ladimi.Uzr xozir kunlar issiq men davlat ishida ishlayman qizlar oldimga hujjat olib keladi ularning ayrimlari oldi ochiq maykalarda kelishadi ro‘za vaqtim nogohon xoxlamasam xam ko‘zim tushib qoladi shunda ro‘zam ochilmadimikin deb shubxalanib qolaman. Uzr ko‘p savol berib vaqtingizni olgan bo‘lsam.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ro‘za tutadigan inson bomdod kirmasidan oldin turib iftorlik qilmaydi. Balki saharlik qiladi. Iftorlik kechqurun bo‘ladi. - Siz mazkur vaqtda nafl ro‘zani tutib uxlasangiz bo‘ladi. Nogohon, xohlamasa ham ko‘z tushib qolsa, ro‘za ochilmaydi.

20 Aprel 2022, 20:05 | Savol-javoblar | 153 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar