Tarovex va zakot haqidagi javoblarda farq
Assalomu alaykum! Balki men tushunmaganimdandirman. Ko‘pdan beri Islom.uz dasturini ishlatib kelaman uning bo‘limlarida turli fiqhi kitoblar va ulamolar javoblari bor. Shulardan biri zakotni fiqhi hukmi nisobga etgan molning bir yil mobaynida extiyojdan holi turishi deyilgan. Kiyin tarovex namozi sunnat amal o‘qisa ajr savobi ko‘p o‘qimasa gunohkor bo‘lmaydi deyilgan va bu malumotni ko‘p joylarda o‘qigan edim. Lekin sizlar bergan javoblar ichida mol nisobga etsa bo‘ldi 1 yil bo‘lishi shart emas zakot vojib bo‘ladi degan javobni o‘qidim. Qolaverda tarovex o‘qimasa gunohkor bo‘ladi degan javob ham ko‘rdim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nisobga etishi bilan zakot zimmaga vojib bo‘ladi, bir yil to‘lgach ado qilishi vojib bo‘ladi. sodda qilib aytsak, bolalar balog‘atga etmagunicha namoz va ro‘za zimasiga farz bo‘lmaydi. Balog‘atga etishi bilan zimmasiga farz bo‘ladi, namozni vaqti qirganida ado qilishi farz bo‘ladi. yana ham soddaroq qilsak balog‘atga etishi bilan juma namozi farz bo‘ladi, juma kuni bo‘lishi bilan ado qilish zimmasiga farz bo‘ladi. xuddi shuningek bir odam boy bo‘lsa, hajga borish zimmasiga farz, haj kunlari kelganida ado qilish farz. Tarovih sunnati muakkada bu vojibga yaqin amal. Tark qilish yaxshi emas. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 11:10 | Savol-javoblar | 174 | Turli savollar