Farzandlarning amallari
Assalomu alaykum! Otasi yoki onasi bu foniy dunyodan o‘tgan bo‘lsa, uning farzandlari benamoz bo‘lsa, ularga farzandlarning benamozligidan biror yomonlik borib turadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar farzandining ota-ona zimmasidagi haqqlarini ado etishmagan bo‘lsa, gunoh borib turadi. Bu xususda Ustozimiz rahimahullohning "Baxtiyor oila" nomli kitoblarini o‘qishni tavsiya qilamiz. Unda bu kabi masalalar juda ham to‘liq va batafsil berilgan. Quyida ushbu kitobdan iqtibos keltiramiz. Tarbiya ham ota‑onalarning burchi va farzandlarning haqqidir. «Tarbiya» so‘zi arabcha «robba» fe’lidan olingan bo‘lib, o‘stirdi, ziyoda qildi, rioyasiga oldi, rahbarlik qildi va isloh qildi ma’nolarini bildiradi. Musulmon ulamolar «tarbiya»ni bir necha xil ta’rif qilganlar. Jumladan, imom Bayzoviy quyidagicha ta’riflaydi: «Tarbiya bir narsani asta-sekin kamoliga etkazishdir». Rog‘ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta’rif qiladi: «Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o‘tkaza borib, batamomlik nuqtasiga etkazishdir. Tarbiyaning ma’nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg‘unlik hamda muvozanat ila o‘stirishdir». Islomda bolalar tarbiyasi ota‑onaning eng mas’uliyatli va uzoq davom etadigan burchlaridir. Boshqa burchlar ba’zi ishlarni qilish yoki mulkni sarflash bilan oxiriga etadi. Ammo tarbiya mas’uliyati bardavom bo‘ladi. Zotan, ota‑onaning farzand ne’matiga haqiqiy shukrlari ham aynan tarbiya mas’uliyatini sharaf bilan ado etish orqali yuzaga chiqadi. Amaliy shukr – berilgan ne’matni ne’mat beruvchi zotni rozi qiladigan tarzda tasarruf qilish bilan bo‘ladi. Binobarin, farzand ne’matiga amaliy shukr qilish o‘sha farzandni Alloh taologa itoat qiladigan banda qilib tarbiyalash bilan yuzaga chiqadi. Farzand tarbiyasida ota‑onaning o‘rni qanchalar katta ekanini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadisi shariflaridan bilib olamiz. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: مَا مِنْ مَوْلُودٍ إِلَّا يُولَدُ عَلَى الْفِطْرَةِ فَأَبَوَاهُ يُهَوِّدَانِهِ أَوْ يُنَصِّرَانِهِ أَوْ يُمَجِّسَانِهِ كَمَا تُنْتَجُ الْبَهِيمَةُ بَهِيمَةً جَمْعَاءَ هَلْ تُحِسُّونَ فِيهَا مِنْ جَدْعَاءَ. ثُمَّ يَقُولُ أَبُو هُرَيْرَةَ: رَضِي اللهُ عَنْهُ وَاقْرَءُوا إِنْ شِئْتُمْ ﴿ فِطْرَةَ اللَّهِ الَّتِي فَطَرَ النَّاسَ عَلَيْهَا لَا تَبْدِيلَ لِخَلْقِ اللَّهِ ذَلِكَ الدِّينُ الْقَيِّمُ﴾ رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Har bir tug‘ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) ila tug‘iladi. Bas, ota‑onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi. Bu xuddi hayvonning bus-butun hayvon tug‘ishiga o‘xshaydi. Siz unda quloq-burni kesilganini his qilganmisiz?» dedilar.So‘ngra Abu Hurayra «Agar xohlasangiz: «(Bu) Alloh odamlarni yaratgan asl fitratdir. Allohning yaratganini o‘zgartirib bo‘lmas. Ushbu to‘g‘ri dindir», degan oyatni o‘qing», der edi».To‘rtovlari rivoyat qilishgan. Ushbu hadisi sharifda Alloh taolo insonlarni yaratish paytida sof tabiat bilan yaratsa ham, keyinchalik insonlar, xususan, ota‑ona tarbiyasi sababli bu soflikka futur etishi, uning buzilishi haqida so‘z ketmoqda. «Fitrat» sof tabiat, dinni to‘g‘ri qabul qilishga bo‘lgan qobiliyat deganidir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam dunyoda tug‘iladigan har bir bola sof tabiat bilan, Alloh taoloning dinini qabul qilish qobiliyati bilan tug‘ilishi haqida xabar bermoqdalar. Demak, Alloh taolo hech kimni avvaldan sen yahudiy bo‘lasan, sen nasroniy bo‘lasan, sen majusiy bo‘lasan, deb majbur qilmaydi. Odamlarning turli dinga mansub bo‘lishiga sabab bor: «Bas, ota‑onasi uni yahudiy, nasroniy yoki majusiy qiladi». Ya’ni, ota‑onalar bolalarini o‘z dinlarida tarbiyalashlari oqibatida bolalarning sof tabiati buzilib, yahudiy, nasroniy va majusiy bo‘lib qoladilar. Shu joyda Nabiy sollallohu alayhi vasallam ushbu ma’noni to‘liqroq tushuntirish maqsadida sahobai kiromlarga hissiy bir misol keltirmoqdalar. «Bu xuddi hayvonning bus-butun hayvon tug‘ishiga o‘xshaydi. Siz unda quloq-burni kesilganini his qilganmisiz?» Ya’ni har bir hayvon bolasi onasidan bus-butun tug‘iladi. Birortasining qulog‘i yoki burni kesilmagan bo‘ladi. Ammo, egalari belgi qo‘yish maqsadida va yana boshqa niyatda ularning quloqlarini, burunlarini kesadilar va hokazo. Shunga o‘xshab, inson ham onadan sof tabiat bilan tug‘iladi, u yahudiy, nasroniy yoki majusiy bo‘lib tug‘ilmaydi. Ota‑onasining tarbiyasi tufayli yahudiy, nasroniy yoki majusiy bo‘ladi. Alloh taolo bu dunyodagi narsalarni sababiyat qonuni ila bir-biriga bog‘lab qo‘ygan. Och inson taom emasa, qorni to‘ymaydi. Ota‑ona qo‘shilmasa, bola tug‘ilmaydi. Xuddi shuningdek, tarbiya bo‘lmasa, inson tarbiya ko‘rgan bo‘lib voyaga etmaydi. Shuning uchun ham Islomda bola tarbiyasiga alohida e’tibor beriladi. Bola tarbiyasi bo‘yicha mutaxassislarimiz: «Bolaning tarbiyasini tug‘ilishi bilan boshlash kerak», deyishadi. 1. Tarbiyaning bir qismi bolaga odob o‘rgatishdir. Bizning tilimizda «odob» tarzida talaffuz qilinishga odatlanib qolingan arabcha «adab» so‘zi, aslida, «ma’daba» o‘zagidan olingan. «Ma’daba» so‘zi odamlar da’vat qilingan ziyofatni anglatadi. Odob ham odamlar doimo da’vat qilinadigan ma’naviy «ma’daba» – ziyofat bo‘lganligi uchun shu nomni olgan. Abu Muhammad «Kitobul Vohiy» nomli asarlarida: «Odob odamlarni maqtalgan narsalarga chaqirgani uchun «odob» deb nomlangan», – deydilar. Abu Zayd rohmatullohi alayhi: «Odob fazilatlardan biriga eltuvchi yaxshi urinishga ishlatiladigan ismdir», – deganlar. Odobning ta’rifida quyidagiga o‘xshash gaplar ham kelgan: «Maqtovga sazovor so‘z va amalni qilish odobdir». «Karamli axloqlarni ushlash odobdir». «O‘zingdan kattani ulug‘lab, o‘zingdan kichikka mehr ko‘rsatishing odobdir». Bu va shunga o‘xshash ta’riflar to‘planganda Islomda ko‘zlangan «odob» ta’rifi yuzaga keladi. Hozirgi kunda g‘arb madaniyati ta’sirida «odob»ni madaniyat deyish ham joriy bo‘lgan. Misol uchun, «ovqatlanish odobi» deyish o‘rniga «ovqatlanish madaniyati» deyiladi. Odob masalasini insoniyat tarixida to‘laqonli ravishda Islom boshlagan, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Islomda kishining hayotidagi har bir narsaning o‘z odobi bor. Dunyodagi odobga bag‘ishlangan asarlarning asosini va ko‘pchiligini Islom xalqlari vakillari tomonidan yozilgan asarlar tashkil qiladi, degan gapda zarracha mubolag‘a yo‘q. Avvalo tarbiya va odob masalasida ota‑onaning o‘zi bolalarga yaxshi namuna bo‘lishi kerak. عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَامِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: دَعَتْنِي أُمِّي يَوْمًا وَرَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَاعِدٌ فِي بَيْتِنَا فَقَالَتْ: هَا تَعَالَ أُعْطِيكَ، فَقَالَ لَهَا رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: مَا أَرَدْتِ أَنْ تُعْطِيهِ؟ قَالَتْ: أَرَدْتُ أَنْ أُعْطِيَهُ تَمْرًا، فَقَالَ لَهَا رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: أَمَا إِنَّكِ لَوْ لَمْ تُعْطِيهِ شَيْئًا كُتِبَتْ عَلَيْكِ كِذْبَةٌ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالْبَيْهَقِيُّAbdulloh ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyimizda o‘tirganlarida onam meni chaqirib:«Beri kel, bir narsa beraman», – dedi.Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Nima bermoqchisan?», – dedilar.«Men unga xurmo bermoqchi edim», – dedi.Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Ammo, agar unga hech narsa bermaganingda, senga yolg‘on yozilar edi», – dedilar».Abu Dovud va Bayhaqiy rivoyat qilganlar. Ushbu hadisi sharifda onaning bir og‘iz gapida ham bola tarbiyasiga katta ta’sir qiladigan omil borligi uqtirilmoqda. Odatda onalar bolalarini gaplariga kirgiza olmaslar, aldashga o‘tadilar. Biror narsa berish va’dasi ila aldab, ushlab olib, kaltaklashga tushadilar. Aslida esa, shu ishlari bilan bolalarining tarbiyasiga zarar etkazayotgan, ularga yomon namuna ko‘rsatayotgan bo‘ladilar. Har bir bola uchun uning ota‑onasi dunyodagi eng ulug‘ kishilar bo‘ladi. Bola ota‑onasiga taqlid qiladi va ulardan o‘rnak oladi. Ana o‘sha bolaning nazaridagi eng ulug‘ va o‘rnak olishga sazovor inson uni aldagandan keyin, bolada, men ham shunday qilsam bo‘lar ekan, degan tushuncha paydo bo‘lishi tabiiy. Shuning uchun ham ota‑ona bolalariga doimo yaxshi va go‘zal o‘rnak bo‘lishlari lozim. Barcha yaxshi sifatlarni namoyish qilib, barcha yomon sifatlardan uzoqda bo‘lishlari kerak. Ota‑ona bolalariga shaxsiy namuna ko‘rsatishlari bilan birga, ularga odoblarni qunt bilan, zerikmasdan o‘rgatib borishlari zarur. Chunki ota‑onaning bolalarga beradigan narsalari ichida eng qimmatlisi va zaruriysi odobdir. عَنْ سَعِيدِ بْنِ الْعَاصِ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: مَا نَحَلَ وَالِدٌ وَلَدًا مِنْ نَحْلٍ أَفْضَلَ مِنْ أَدَبٍ حَسَنٍ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّSa’iyd ibn Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Hech bir ota o‘z farzandiga yaxshi odob o‘rgatishdan ortiq hadya qila olmaydi», – dedilar.Termiziy rivoyat qilgan.عَنْ جَابِرِ بْنِ سَمُرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: لَأَنْ يُؤَدِّبَ الرَّجُلُ وَلَدَهُ أَوْ أَحَدُكُمْ وَلَدَهُ خَيْرٌ لَهُ مِنْ أَنْ يَتَصَدَّقَ كُلَّ يَوْمٍ بِنِصْفِ صَاعٍ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُJobir ibn Samura roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Kishi farzandini odobli etib tarbiyalashi uning uchun har kuni yarim so’ sadaqa qilishidan yaxshiroqdir», – dedilar».Termiziy va Ahmad rivoyat qilganlar.عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنْ رَسُولِ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: أَكْرِمُوا أَوْلَادَكُمْ وَأَحْسِنُوا أَدَبَهُمْ. رَوَاهُ ابْنُ مَاجَهْAnas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Farzandlaringizni hurmatlang va ularning odobini go‘zal qiling», – dedilar».Ibn Moja rivoyat qilgan. Bola ota‑onasi huzuridagi omonat bo‘lib, uning qalbi pokiza gavhardir. U har qanday naqshni qabul qilaveradi. Agar yaxshilikka o‘rgatilsa, o‘shanday o‘sadi. Uning savobiga ota‑onasi va murabbiysi sherik bo‘ladi. Agar yomonlikka o‘rgatilsa, o‘shanday o‘sadi. Uning gunohiga ota‑onasi va murabbiysi sherik bo‘ladi. Valiy uni saqlashi, ta’lim-tarbiya bermog‘i lozim. Unga yaxshi axloqlarni o‘rgatsin, uni yomon bolalardan saqlasin, o‘tkinchi lazzatlarga qiziqishga odatlantirmasin, uni zebu ziynatga ruju’ qo‘yishga qiziqtirmasin. Toki katta bo‘lganda zebu ziynat ortidan yurib, umrini zoe qilmasin. Ota‑ona bolani kichikligidan, umrining avvalgi kunlaridan ehtiyotkorlik bilan kuzatib borishi kerak. Uni faqatgina dindor va halol eydigan ayolga emizdirsin. Haromdan hosil bo‘lgan sutda baraka bo‘lmaydi. Bolada paydo bo‘ladigan sifatlarning avvalgisi taomga o‘chlik bo‘ladi. Shuning uchun ota‑ona unga ovqatlanish odoblaridan ta’lim bersin. Ba’zi vaqtlarda faqat non eyishga odatlantirsin. Toki, nonga boshqa narsani qo‘shib eyish lozim, degan xayolga bormasin. Ota‑ona bolasiga ko‘p ovqat eyishning yomonligini singdiradi. Ko‘p taom emoq hayvonlar ishi ekanini tushuntiradi. O‘g‘il bolalarga oq rangli kiyimlar kiyish yaxshi ekani, rangdor va ipak kiyimlarning ayollarga xos ekani tushuntiriladi. Bolani serne’mat hayot kechirishga odatlangan bolalarga qo‘shmaslik kerak bo‘ladi. Vaqti kelganda maktabga berib, barcha kerakli ilmlarni o‘rgatish, jumladan, Qur’on, hadis va yaxshilarning qissalaridan ta’lim berish boshlanadi. Shu tariqa uning qalbiga ahli solihlarning muhabbati solinadi. Behuda, engil-elpi kuy-qo‘shiqlarni tinglashiga yo‘l qo‘yilmaydi. Boladan yaxshi xulq va maqtovga sazovor ish sodir bo‘lsa, uni taqdirlash va xursand bo‘ladigan narsa ila mukofotlash hamda odamlar huzurida maqtash lozim. Ba’zi holatlarda mazkur ishlarga xilof narsani sodir qilsa, o‘zini bilmaganga solib, uning aybini oshkor qilmaslik kerak. Agar o‘sha noma’qul narsani yana qaytadan qilsa, hech kimga bildirmay, jazolash va odamlar bilib qolsa, uyat qilishlarini uqtirish lozim. Ammo, jazo ko‘paytirib yuborilmasin. Chunki bu narsa bolaning betini qotirib qo‘yadi. Keyin uyalmay, har narsani qilishga odatlanib qoladi. Ota bolasining huzurida o‘z haybatini saqlab turishi kerak. Ona bolasini otasi ila ogohlantirib tursin. Kunduzi va bevaqt uxlashga bolani odatlantirmaslik kerak. Bunda u dangasalikka o‘rganib qoladi. Kechasi uxlash man qilinmaydi. Yotar joyi yumshoq bo‘lmagani yaxshi. Bola yotoq, kiyim va taomda dag‘allikka odatlansin. Bola dangasa bo‘lib qolmasligi uchun piyoda yurishga, ko‘p harakat qilishga va badantarbiyaga odatlansin. Bola ota‑onasining boyligi, taomi va kiyimi ila tengdoshlari oldida faxrlanishga odatlanmasin. Bola o‘zi bilan birga yashaydiganlarga nisbatan tavozu’li bo‘lishga va ularni hurmatlashga odatlanishi lozim. Bolaning o‘ziga o‘xshagan bolalarning narsasini tortib olishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Unga birovning narsasini olish pastkashlik ekani uqtiriladi. Bolaga tilla va kumushga muhabbat qo‘yish yomonligini tushuntirish lozim. Bolaga o‘tirgan joyida tuflamaslik, burnini tozalamaslik, birovning oldida esnamaslik, bir oyog‘ining ustiga ikkinchisini qo‘ymaslik va ko‘p gapirmaslik kabi odoblar o‘rgatilish kerak. Bolaga kamgap bo‘lish, boshqalarning gapini diqqat bilan tinglash, o‘zidan kattalarni hurmat qilish, ular kelganda o‘rnidan turib kutib olish va odob bilan o‘tirish kabi narsalar o‘rgatiladi. Bola uyat so‘zlarni gapirishdan va uyat so‘zlarni gapiradiganlarga qo‘shilishdan man qilinadi. Zotan, bolani muhofaza qilish uni yomon ulfatlardan saqlashdan iboratdir. Maktabdan qaytib kelganidan keyin bolaga chiroyli o‘yinlar o‘ynashga sharoit yaratib berish kerak. Bu bilan u o‘qishdagi charchog‘ini yozadi. Bolaning ota‑onasiga va ustoziga itoat qilishga odatlanishi juda ham zarurdir. Bola balog‘atga etganida namoz o‘qishga buyuriladi. O‘rganishi uchun toharatsiz yurmaslikka odatlantiriladi. Uni yolg‘on va xiyonatga yaqin kelmaslikka chaqiriladi. O‘smirlik chog‘i yaqinlashganida undan o‘sha paytda kerakli bo‘ladigan narsalar talab qilinadi. Har bir murabbiy bilib olishi lozim bo‘lgan narsalardan biri, bolaning yoshligidan solih bo‘lib o‘sishiga ahamiyat berish kerakligidir. Agar bu ish amalga oshsa, yaxshilik bolaning qalbida sobit bo‘lib qoladi. Bunda o‘tgan salafi solihlarimizdan o‘rnak bo‘ladigan tajribalar ko‘p qolgan. Sahl ibn Abdulloh quyidagilarni aytadi: «Chamasi uch yoshli bola edim. Kechasi uyg‘onib, tog‘am Muhammad ibn Sivorning namoz o‘qishiga nazar solib turar edim. Bir kuni tog‘am menga: «Seni yaratgan Allohni zikr qilasanmi?» – dedi. «Uni qanday zikr qilaman?» – dedim. «Tilingni qimirlatmasdan, qalbingda uch marta: «Alloh men bilan, Alloh menga nazar solib turibdi, Alloh mening guvohim», deysan», – dedi. Men u so‘zlarni bir necha kecha aytdim va tog‘amga xabarini berdim. U menga: «Endi ularni har kecha o‘n bir martadan ayt», – dedi. Men uni ham qildim. Bir muddatdan so‘ng qalbimda uning halovatini sezdim. Bir muddat o‘tgandan keyin tog‘am menga: «Men senga o‘rgatgan narsani yodlab olgin-da, to qabrga kirguningcha uni davom qil», – dedi. Men u ishni yillar davomida uzluksiz qilib yurdim. Ularning halovatini ichimda topdim. So‘ngra tog‘am menga: «Ey Sahl! Alloh u bilan birga bo‘lgan, unga nazar solib turgan va uning ustidan guvoh bo‘lgan odam U Zotga osiy bo‘ladimi? Ma’siyatdan ehtiyot bo‘l!» – dedi. Keyin maktabga borib, olti-etti yoshimda Qur’onni yod oldim. So‘ng nafl ro‘zani ko‘p tutadigan bo‘ldim. Eydigan taomim arpa noni bo‘ldi. Undan keyin kechalarni bedor bo‘lib, ibodat-la o‘tkazadigan bo‘ldim». Sahl ibn Abdullohdan keltirilgan bu qissa bolaning tarbiyasiga, xususan, ruhiy tarbiyasiga kichikligidan ahamiyat berish uning yaxshi odam bo‘lib etishishida qanchalar muhim ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi. 2. Tarbiyaning ikkinchi qismi bolaga ta’lim berishdir. «Ta’lim» arabcha «allama» fe’lidan olingan masdar bo‘lib, bir narsaning haqiqatini batafsil va yaxshilab bildirish ma’nosini anglatadi. Ilm esa bir narsani voqe’likda qanday bo‘lsa, ishonch ila o‘shanday idrok qilishdir. Ilm o‘rganish har bir musulmon uchun farzdir. عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: طَلَبُ الْعِلْمِ فَرِيضَةٌ عَلَى كُلِّ مُسْلِمٍ. رَوَاهُ ابْنُ مَاجَهْ وَأَحْمَدُ Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ilm talab qilish har bir musulmon zimmasiga farzdir», – dedilar».Imom Ahmad va ibn Mojalar rivoyat qilganlar. Demak, har bir musulmon ilm talab qilishni o‘zi uchun farz, deb bilishi kerak. Islomda ilm talab qilish beshikdan to qabrgacha farz qilingan. Keling, ushbu ma’noni kengroq tushunishga harakat qilaylik. Farz Alloh taoloning qat’iy amri bo‘lib, uni bajarish har bir mo‘min uchun majburiydir. Farz amalni bajarmagan odam katta gunoh ish qilgan bo‘ladi, oxiratda iqobga uchraydi. Farz ikki qismga bo‘linadi: farzi ayn va farzi kifoya. «Farzi ayn» har bir musulmon shaxsan bajarishi lozim bo‘lgan ishdir. Uni birov uchun boshqa odam ado etgani bilan, farz bajarilgan bo‘lmaydi. Bunga namozni misol qilish mumkin. Balog‘atga etgan har bir mo‘min inson besh vaqt namozni o‘qishi farzi ayn. O‘qimagan odam qattiq gunohkor bo‘ladi. «Farzi kifoya» esa ba’zi bir musulmonlar ado etsa, boshqalar uchun kifoya qiladigan ishdir. Bunga janoza namozini misol qilish mumkin. Bir musulmon vafot etsa, uni yuvib-tarab, janozasini o‘qib, ko‘mish hamma musulmonlar uchun farz bo‘ladi. Ammo, farzi kifoya bo‘lganligi uchun, bir insonning janozasini ba’zi musulmonlarning o‘qigani kifoya qiladi. Boshqalardan farz soqit bo‘ladi. Ilm talab qilish borasida farzning ikkala qismi ham ishtirok etadi. Har bir musulmon uchun o‘ziga kerak narsani, hayoti uchun zarur ilmni, dinu diyonatni, halol-haromni bilib olishda zarur bo‘lgan har bir narsani o‘rganish farzi ayndir. Har bir musulmon bu ishni qilishi shart. Qilmagan odam gunohkor bo‘ladi. Musulmonlar jamoasi uchun kerakli bo‘lgan hunar va ilmlarni talab qilish esa, farzi kifoyadir. Hayotning har bir sohasida etarli mutaxassislarni tayyorlab chiqarish Islom jamiyatining barcha a’zolariga farzi kifoya bo‘ladi. Ehtiyojni qondiradigan darajada va adadda mutaxassis tayyorlagan jamiyat a’zolari bo‘ynidan mazkur umumiy mas’uliyat soqit bo‘ladi. Bu farz endi o‘sha mutaxassislar zimmasiga o‘tadi. Agar jamiyatda ularning sohasi bo‘yicha kamchilik yuzaga kelsa, gunohi o‘sha mutaxassislarga bo‘ladi. Shuning uchun ham ota‑onaga farzandlariga ta’lim berish vazifa etib yuklangan. Alloh taolo «Tahrim» surasida shunday deb marhamat qiladi: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا قُوا أَنفُسَكُمْ وَأَهْلِيكُمْ نَارًا وَقُودُهَا النَّاسُ وَالْحِجَارَةُ عَلَيْهَا مَلَائِكَةٌ غِلَاظٌ شِدَادٌ لَا يَعْصُونَ اللَّهَ مَا أَمَرَهُمْ وَيَفْعَلُونَ مَا يُؤْمَرُونَ «Ey iymon keltirganlar! O‘zingizni va ahlu ayolingizni yoqilg‘isi odamlaru toshlardan bo‘lgan o‘tdan saqlang. Uning tepasida qo‘pol, darg‘azab farishtalar bo‘lib, ular Allohning amriga isyon qilmaslar va nimaga buyurilsalar, shuni qiladilar» (6‑oyat). Farzandlariga ta’lim berish oila boshlig‘ining Alloh taoloning oldidagi burchi ekaniga yuqoridagi oyati karima yorqin dalildir. Odamlar orasida «O‘zingni bil, o‘zgani qo‘y» degan noma’qul gap yuradi. Lekin shariat bo‘yicha, er xotin uchun, ota‑ona bolalar uchun mas’uldir. Qiyomatda Alloh taoloning huzurida javob beradi. Yuqorida zikr qilingan oyati karimaning ma’nosi haqida so‘ralganlarida hazrati Ali roziyallohu anhu: «Ularga ta’lim beringlar va ularga odob beringlar», degani», – deb aytganlar. Faqihlar: «Ota‑onalar va ularning o‘rnini bosuvchi valiylar kichkina bolalarga balog‘atga etganlarida kerak bo‘ladigan ilmlarni o‘rgatishlari lozimdir», deyishgan. (“Baxtiyor oila” kitobidan). Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 09:28 | Savol-javoblar | 237 | Oila va turmush