Ustachilik

Assalomu alaykum! Ustozlar, men anchadan beri ustalar bilan ishlayman. Kelajakda etuk usta  bo‘lmoqchiman. Ustalarni qanday bo‘lishi haqida hadislar bormi? Oldindan kattakon rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hadislarda halol kasb tanlashga targ‘ib qilingan. Hunar qiluvchi inson Allohning nazdida mahbubdir. Xususan ishini puxta bajaruvchisi. عن عائشة رضي الله تعالى عنها قالت : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم " إن الله يحب إذا عمل أحدكم عملاً أن يتقنه  رواه البيهقي Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh taolo biringiz biror ishni qilsa uni puxta qilishini yaxshi ko‘radi” dedilar. Bayhaqiy rivoyati. عن أبي هريرة - رضي الله عنه - قال: قال رسول الله - صلى الله عليه وسلم -: ((كان زكريا - عليه السلام - نجارًا))؛ رواه مسلم Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Zakariyo – alayhissalom - duradgor  bo‘lganlar” deganlar. Muslim rivoyati. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 09:28 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar