Duo qilingan tumor taqish
Assalomu alaykum! Jiyanim uyqusizlikdan qiynalib yurganligi sababli uni mahallasidagi masjid imomining oldiga olib borishibdi. Imom qog‘ozga duo yozib beribdi va uni uchburchak shaklida matoga o‘rab elkasining yonida olib yurishini aytibdi va yana qog‘ozga arabcha yozuvlar yozib beribdi(uzr nima yozilgani haqida aniq ma’lumot bera olmadi) uni isiriqqa qo‘shib tutatishni aytibdi. Jiyanim o‘sha matoga tikilgan uchburchak shakldagi narsani tumor qilib osib yuribdi. Umuman bu to‘g‘rimi shu haqida ma’lumot bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dinimizda bunday ishlar yo‘q. O‘sha tumorni taqishni darhol bas qilsin. Vallohu a’lam!
18 Noyabr 2023, 15:16 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dinimizda bunday ishlar yo‘q. O‘sha tumorni taqishni darhol bas qilsin. Vallohu a’lam!
18 Noyabr 2023, 15:16 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar