Ko‘z tegishidan saqlanish

Assalomu alaykum! Bir do‘stim bilan ko‘z tegishi haqida gaplashib qolgandik, u “ko‘z tegishidan saqlash uchun ko‘ztikan osib qo‘yish joiz bo‘lsa kerak” deb bu haqida ba’zi rivoyatlar borligini aytdi. Ya’ni payg‘ambar alayhissalom ko‘zi bor bir yahudiy huzuriga boshlariga suyak taqib borganlari haqida bir hadis o‘qiganligini aytdi.
Bu masalada izlanib ko‘rib quyidagi ma’lumotni ham topdim:
Ibn Obidin hazratlari: “Ekin va polizga ko‘zning zararini daf qilish uchun hayvonning kalla suyagini ilib qo‘yishning zarari yo‘q. Chunki ko‘z tegishi haqdir, molga va hayvonga uning zarari etadi. Bu narsalarning ta’siri ko‘plab mushohada qilingan. Hadislar orqali ham bilingan. Ko‘zi o‘tkir kishi ekinga nazar solganida hayvon kalla suyagi balandda turgani uchun avvalgi yomon nazar unga tushadi. Ko‘zi o‘tkir kishining ikkinchi bor ekinga qilgan nazari zarar qilmaydi. Abu Dovud rivoyat qilgan hadisda: Bir ayol Nabiy sollallohu alayhi vasallamning xuzurlariga kelib: “Biz dehqonchilik ahlidanmiz, unga ko‘z tegib qolishidan xavf qilamiz” dedi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ekin o‘rtasiga jamojim(hayvonning kalla suyagi) qo‘yib qo‘yinglar dedilar” deyilgan. (Radd-ul muhtor)
«Raddul muxtor»da haqiqatda shunday masala bormi? Bor bo‘lsa, undan qanday hukm kelib chiqadi? Poliz haqidagi hadis sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! لا بأس بوضع الجماجم في الزرع والمبطخة لدفع ضرر العين ، لأن العين حق تصيب المال ، والآدمي والحيوان ويظهر أثره في ذلك عرف بالآثار فإذا نظر الناظر إلى الزرع يقع نظره أولا على الجماجم ، لارتفاعها فنظره بعد ذلك إلى الحرث لا يضره روي " { أن امرأة جاءت إلى النبي صلى الله تعالى عليه وسلم وقالت نحن من أهل الحرث وإنا نخاف عليه العين فأمر النبي صلى الله عليه وسلم أن يجعل فيه الجماجم } ا هـ “Roddul muhtor” kitobida haqiqatda shu gaplar kelgan. Lekin ulamolarimiz omma xalqning hozirgi holatini hisobga olib, bunday narsalarni ham tark qilishga buyuradilar. Chunki odamlar Alloh taoloni qo‘yib, qabr ahlidan madad so‘raydigan bo‘lishdi. Sodir bo‘layotgan ishlarni Alloh taolo tarafidan deb bilmay, butkul sabablarga osilib oladigan bo‘lishdi, o‘sha sababni ham sabab qiladigan zot Alloh taolo ekanligini ham unutib qo‘yishdi. Hattoki o‘ziga etayotgan barcha ne’matni “Tabiat beradi” degan narsaga ham ishonib qolishdi. Albatta bu yurtimizda etmish yilga yaqin bo‘lgan xudosizlakka chaqirishning oqibatidir. [ تتمة ] في شرح البخاري للإمام العيني من باب : العين حق . روى أبو داود من حديث عائشة أنها قالت : { كان يؤمر العائن فيتوضأ ثم يغتسل منه المعين } قال عياض : قال بعض العلماء : ينبغي إذا عرف واحد بالإصابة بالعين أن يجتنب ويحترز منه ، وينبغي للإمام منعه من مداخلة الناس ، ويلزمه بيته وإن كان فقيرا رزقه ما يكفيه فضرره أكثر من ضرر آكل الثوم والبصل ، ومن ضرر المجذوم الذي منعه عمر رضي الله عنه وفي النسائي أن النبي صلى الله عليه وسلم قال " { إذا رأى أحدكم من نفسه أو ماله أو أخيه شيئا يعجبه فليدع بالبركة فإن العين حق } " والدعاء بالبركة أن يقول : تبارك الله أحسن الخالقين اللهم بارك فيه ويؤمر العائن بالاغتسال ويجبر إن أبى ا هـ ملخصا وتمامه فيه والله سبحانه وتعالى أعلم Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 10:33 | Savol-javoblar | 148 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar