Bachadon kasalligi
Assalomu alaykum! (Tanishim shu savolni yo‘llashni iltimos qildi) Manda bachadonda yaxshi sifatli o‘sma (mioma) paydo bo‘lgan. Shifokorlar o‘smani bachadon bilan birga jarroxlik usuli bilan olib tashlashni tavsiya qilashayapti. O‘sma katta emas, o‘zim ayollar hamshirasiman. Bachadonni ayol organizmiga qanday ijobiy tomonlari borligini yaxshi bilaman. Jarroxlik amaliyotidan so‘ng xam paydo bo‘ladigan salbiy tomonlari bor. Man o‘zimda jarroxlik amaliyoti o‘tkazishga qarshiman. Allohdan chin qalbdan duo qilib, Qur’on suralaridan o‘qib, dam solib, taxajjud namozlarida shifo so‘rab, tabobat yo‘nalishi bo‘yicha o‘smani yo‘qotishni istayman. Chunki ishonaman, banda neki ixlos bilan Allohdan so‘rasa, Alloh noumid qo‘ymaydi. Man o‘zimni davolashimda to‘g‘ri fikr qilayapmanmi yoki jarroxlik amaliyotini o‘tkazishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bu tibbiyotga tegishli. Boshqa shu yo‘nalishdagi mutaxassislar bilan ham maslahatlashing. Sahobalardan qorason tushganlarini kestirganlar ham bo‘lganlar. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 10:33 | Savol-javoblar | 155 | Tabobat