Qarzdan qutilish
Assalomu alaykum! Savdo sotiq bilan shug‘ulanaman. Yarim yil bo‘ldi qarzdor bo‘lib qoldim. Uydigilarimga bildirmadim, lekin qarzimni “to‘layman” desam yo‘lini topa olmayapman. Savdolarim ham avalgidek emas, haqdorlar pulni so‘rashayapti, ularga holatni tushintirsam, tushinishmayapti. Bilaman bular hammasi Allohning sinovlari, lekin kimga yuragimni ochib tushintirishni bilmayaman. Ota-onamga aytay desam, sog‘liqlari yomonlashishdan qo‘rqaman. Qarzdan qutilish duolarini o‘rgatinglar iltimos.Toshkent shahridan Javlonbek
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ba’zi o‘rin va vaqtlarda duo mustajob bo‘lishi haqida hadislar kelgan. Ularda, imom minbarga o‘tirganidan juma namoz tugagunigacha bo‘lgan vaqt (Imom ikki xutba orasida qo‘lni ko‘tarmasdan duo qilinadi), juma kuni asrdan keyin quyosh botgunicha bo‘lgan vaqt, har kecha bir mustajob bo‘ladigan lahza bo‘lib uni aniq qaysi vaqtligi aytilmagan. Uni topish uchun kechasi bilan ibodatda bo‘lib chiqilsa mahrum bo‘lmaydi – deyilgan. QARZNI UZISh DUOSI عَنْ عَلِيٍّ رضي الله عنه أَنَّ مُكَاتَبًا جَاءَهُ فَقَالَ: إِنِّي قَدْ عَجَزْتُ عَنْ كِتَابَتِي فَأَعِنِّي، قَالَ: أَلَا أُعَلِّمُكَ كَلِمَاتٍ عَلَّمَنِيهِنَّ رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه و سلم ؟ لَوْ كَانَ عَلَيْكَ مِثْلُ جَبَلِ ثَبِيرٍ دَيْنًا أَدَّاهُ اللهُ عَنْكَ، قُلِ: اللَّهُمَّ اكْفِنِي بِحَلَالِكَ عَنْ حَرَامِكَ، وَأَغْنِنِي بِفَضْلِكَ عَمَّنْ سِوَاكَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ. «Bir mukotab Ali roziyallohu anhuning oldiga kelib: «Men kelishilgan mablag‘ni topib berishdan ojiz bo‘ldim. Menga yordam bering», dedi. «Senga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga o‘rgatgan kalimalarni o‘rgatib qo‘yaymi? Agar zimmangda Sabiyr tog‘icha qarz bo‘lsa ham, Alloh uni sendan uzadi. «Allohumma! Ikfinii bihalolika an haromika va ag‘ninii bifazlika amman sivoka», degin», dedi». Termiziy rivoyat qilgan. Mukotab – xo‘jayini bilan ma’lum mablag‘ evaziga ozod bo‘lish uchun shartnoma yozgan qul. Sabiyr – Yamandagi bir tog‘ning nomi. Duoning ma’nosi: «Allohim! Menga haloling ila haromingdan kifoya qilgin. O‘z fazling ila meni o‘zingdan boshqalardan behojat qilgin». Kim ushbu duoni niyat va ixlos bilan farz namozlardan keyin o‘qib yursa, Alloh taolo unga qarzini uzishda yordam beradi. قَالَ أَبُو سَعِيدٍ رضي الله عنه: دَخَلَ رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه و سلم الْمَسْجِدَ ذَاتَ يَوْمٍ فَإِذَا هُوَ بِرَجُلٍ مِنَ الْأَنْصَارِ يُقَالُ لَهُ أَبُو أُمَامَةَ، فَقَالَ: «يَا أَبَا أُمَامَةَ، مَا لِي أَرَاكَ جَالِسًا فِي الْمَسْجِدِ فِي غَيْرِ وَقْتِ صَلَاةٍ؟» قَالَ: هُمُومٌ لَزِمَتْنِي وَدُيُونٌ يَا رَسُولَ اللهِ، قَالَ: «أَفَلَا أُعَلِّمُكَ كَلَامًا إِذَا قُلْتَهُ أَذْهَبَ اللهُ هَمَّكَ، وَقَضَى عَنْكَ دَيْنَكَ»، قُلْتُ: بَلَى يَا رَسُولَ اللهِ، قَالَ: «قُلْ إِذَا أَصْبَحْتَ وَإِذَا أَمْسَيْتَ: اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنَ الْهَمِّ وَالْحَزَنِ، وَأَعُوذُ بِكَ مِنَ الْعَجْزِ وَالْكَسَلِ، وَأَعُوذُ بِكَ مِنَ الْجُبْنِ وَالْبُخْلِ، وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ غَلَبَةِ الدَّيْنِ وَقَهْرِ الرِّجَالِ»، قَالَ: فَفَعَلْتُ ذَلِكَ فَأَذْهَبَ اللهُ هَمِّي وَقَضَى عَنِّي دَيْنِي. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ «Abu Sa’id roziyallohu anhu dedi: «Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga kirgan edilar, ansorlardan Abu Umoma degan kishini ko‘rib qoldilar. Shunda u zot: «Ey Abu Umoma! Masjidda namoz vaqtidan boshqa vaqtda o‘tirganingni ko‘ryapmanmi?» dedilar. «Meni g‘amlar va qarzlar bosdi, ey Allohning Rasuli!» dedi. «Senga agar aytsang, Alloh g‘amlaringni ketkazadigan va qarzlaringni uzadigan kalimalarni o‘rgatib qo‘yaymi?» dedilar. «Ha, ey Allohning Rasuli!» dedi. «Tong ottirsang va kech kiritsang, «Allohumma! Innii a’uuzu bika minal hammi val hazani va a’uuzu bika minal ajzi val kasali va a’uuzu bika minal jubni val buxli va a’uuzu bika min g‘olabatid-dayni va qohrir-rijali», degin», dedilar. O‘shandoq qilgan edim, Alloh g‘amlarimni ketkazdi va qarzlarimni uzdi». Abu Dovud rivoyat qilgan. Duoning ma’nosi: «Allohim! Sendan g‘am bosishidan, mahzunlikdan panoh so‘rayman. Ojizlikdan, dangasalikdan panoh so‘rayman. Qo‘rqoqlikdan, baxillikdan panoh so‘rayman. Qarzga botishdan va odamlarning qahridan panoh so‘rayman». Kim ushbu duoni niyat va ixlos bilan ertalab va kechqurun o‘qib yursa, Alloh taolo unga qarzini uzishda yordam beradi. HOJAT NAMOZI Albatta, qarzdor odam eng hojatmand odamlardan bo‘ladi. Alloh taologa iltijo aylab, hojat namozini o‘qib, qarzdorlik hojatini chiqarishini so‘rab yolvorgan bandaning hojati ravo bo‘lsa, ajab emas. عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ أَبِي أَوْفَى رضي الله عنه ، عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه و سلم قَالَ: «مَنْ كَانَتْ لَهُ إِلَى اللهِ حَاجَةٌ أَوْ إِلَى أَحَدٍ مِنْ بَنِي آدَمَ فَلْيَتَوَضَّأْ فَلْيُحْسِنِ الْوُضُوءَ، ثُمَّ لِيُصَلِّ رَكْعَتَيْنِ، ثُمَّ لِيُثْنِ عَلَى اللهِ وَلْيُصَلِّ عَلَى النَّبِيِّ صلي الله عليه و سلم ، ثُمَّ لِيَقُلْ: لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ الْحَلِيمُ الْكَرِيمُ، سُبْحَانَ اللهِ رَبِّ الْعَرْشِ الْعَظِيمِ، الْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ، أَسْأَلُكَ مُوجِبَاتِ رَحْمَتِكَ، وَعَزَائِمَ مَغْفِرَتِكَ، وَالْغَنِيمَةَ مِنْ كُلِّ بِرٍّ، وَالسَّلَامَةَ مِنْ كُلِّ إِثْمٍ، لَا تَدَعْ لِي ذَنْبًا إِلَّا غَفَرْتَهُ، وَلَا هَمًّا إِلَّا فَرَّجْتَهُ، وَلَا حَاجَةً هِيَ لَكَ رِضًا إِلَّا قَضَيْتَهَا يَا أَرْحَمَ الرَّاحِمِينَ». رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ. Abdulloh ibn Abu Avfo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kimning Allohga va Banu Odamdan birortasiga hojati bo‘lsa, yaxshilab tahorat qilsin, so‘ngra ikki rak’at namoz o‘qisin. Keyin Allohga sano va Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salavot aytsin. So‘ngra: «Laa ilaha illa Allohu Haliymul Kariym. Subhana Allohi Robbil arshil aziym. Val Hamdu lillahi robbil alamiyn. As’aluka mujibaati rohmatika va azaaima mag‘firatika. Val g‘aniymata min kulli birrin. Vas Salamata min kulli ismin. Laa tada’ lii zanban illa g‘afartahu va hamman illa farrajtahu. Va laa hajatan hiya laka rizon illa qozaytaha. Yaa Arhamar rohimiyn!» desin», dedilar». Termiziy va Ibn Moja rivoyat qilishgan. Duoning ma’nosi: «Halimu Karim Allohdan o‘zga hech bir ilohi ma’bud yo‘q. Ulug‘ Arshning Robbi Alloh pokdir. Olamlarning Robbi Allohga hamdlar bo‘lsin. Men Sendan: rahmatingni vojib qiluvchi, mag‘firatingni taqozo qiluvchi narsalarni va har bir yaxshilikdan g‘animatni, har bir yomonlikdan salomat bo‘lishni so‘rayman. Mening hech bir gunohimni qo‘ymay mag‘firat qilgin, hech bir g‘amimni qo‘ymay kushoyish qilgin, O‘zing rozi bo‘lgan hech bir hojatimni qo‘ymay, albatta chiqargin. Yo Arhamar rohimiyn». Imom Ibn Hajar: «Bu namozni shanba kuni sahar chog‘i o‘qib, talabi hojat qilish mandubdir, chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Kim shanba kuni ertalab talabi hojat qilsa, talabi hal bo‘ladi. Uning hojati ravo bo‘lishiga men zominman», deb marhamat qilganlar», degan. Albatta, duoning arabcha matnini yodlab olgan yaxshi. (“Qarz” kitobidan). Vallohu a’lam.
30 Aprel 2022, 11:17 | Savol-javoblar | 197 | Turli savollar