Folbinlik emasmi?
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, sizlarni Alloh mukofotlsin. Savolim shuki, bir kuni opam (opacham) domlaga o‘zlarini o‘qitishga boribdilar. Shunda domla opamga “sizning pirlaringiz bor ekan, oila a’zolaringizni kaliti ekansz, Qur’on tilovat qilib tursangiz kelajakda odamlarga dam soladigan darajaga erishasiz. Qo‘chqorning kalla ichaklarini oyoqlarini olib kelib qo‘l olishingiz kerak, 3 kun ko‘chaga chiqmay, telefonda gaplashmay chillaga kirishingiz kerak” degan ekan. Shu masalada nima qilsa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu shariatga xilof ish. Ularning hammasi jinlar bilan hamkorlik qilishadi. Ular o‘rtasidagi do‘stlikning mustahkam bo‘lib borishi, insonlardagi Allohga osiylik hamda nopoklikni yuqori darajasiga ko‘tarish bilan bo‘ladi. Ya’ni kim qancha nopok bo‘lsa, shuncha jinlar bilan qiladigan “g‘aroyib” ishlari ortib boraveradi. 1-Alloh taoloni qo‘yib bobolarim yoki momolarim yoki odamlarim yoki pirlarim deb atab olgan jinlariga qo‘y, tovuq kabi jonvorlarni atab so‘yish bilan agar makkorroq bo‘lsa, bu jonvorlarni qaysidir valiy zot deb tanilgan kishiga atab so‘yish bilan bajartiradi. 2-ayollar hayzdan pok bo‘lganda yoki erkaklar junub holatda bo‘lsa ham g‘usl qilmasdan “chilla” o‘tkazib qo‘yish bilan bo‘ladi. 3-hayz qoni bilan ba’zi suralarni yozdiradi. Bobolarim yoki momolarim yoki odamlarim yoki pirlarim deb ularga atab sham chiroq, piliklar yoqib, narsalar atashni buyuradi. 4-“Bo‘ynizga olmasangiz yoki qo‘l olmasangiz bo‘lmaydi” deb g‘ayb ilmini da’vo qilish bo‘lgan kufrga hamkorlik qilish shartnomasini tuzdiradi. Eng nopoklikda cho‘qqiga chiqqanlari ikki oyog‘i ostida ikki Qur’onni bog‘lab hojatxonaga kirish bilan bo‘ladi. Undaylarni o‘zlari ham, ularga borayotganlar ham Allohdan qo‘rqishlari va tavba qilib bu ishlarini tezda tashlashlari kerak. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 11:17 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar