Ramazon oyida og‘iz ochishdan oldin ikki marta azon aytish

Ramazon oyida og‘iz ochish vaqtida shomga azon aytilib, keyin og‘iz ochib, besh olti daqiqa ovqatlanib, keyin shom namozini o‘qidik. Shunda men, “azon namoz uchun, avval og‘iz ochiladi, keyin azon aytilib, uch oyat miqdor muddat o‘tib, takbir tushiriladi” desam, bir mullo bobo “bo‘lmagan gap bu, avvallari Abu Xanifa r.a. davrida ramazon oyida ikkita azon joriy qilingan. Biri og‘iz ochish uchun, toki uydagi ayollaru kampirlar ham eshitishi uchun, ikkinchisi shom namozi uchun. Bunga dalilim bor”deb aytdilar. Shu to‘g‘rimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sizning ham, "mullo bobo"ning ham gaplaringiz noto‘g‘ri. Quyosh botgandan aslida namoz uchun azon aytiladi. Ro‘zaning ochish vaqti ham o‘sha vaqt bo‘lganidan bu og‘ish ochishga ham belgi bo‘ladi. Oldin og‘izni ochib, keyin namoz o‘qiladi.

30 Aprel 2022, 11:17 | Savol-javoblar | 151 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar