Ayoli erini sochini olish

Assalomu alaykum! Ayoli erining sochini olish yoki qizi otasini sochini olish mumkinmi shariatda? Ba’zi joylarda otasini yoki erini boshida tig‘ ushlab turgan bo‘ladi, bu  mumkinmas deyishadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘ldiraman deb ushlab turish mumkin emas. Sochini olish uchun joiz. Mabodo umra yoki haj amallaridan forig‘ bo‘lganidan keyin ayol yaqinlari erkak kishining sochini olib qo‘yishi joiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:17 | Savol-javoblar | 179 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar