Nikohdan oldin zinoga borish
Assalamu alaykum! Hurmatli zikr ahlidan so‘rang a’zolari. Mening savolim shundayki, hozirgi vaqtda ko‘p bo‘lajak kuyovlar(yaqin orada to‘yi bo‘ladigan) nikohdan oldin kuyov-jo‘ra bilan zinoga borishayapti(xususan mening do‘stlarim ham). Ularning aytishlari bo‘yicha, o‘rganish uchun to‘ydan oldin zinoga borish kerak emish. Ya’ni keyinchalik bo‘lajak kelinning oldida uyalib qolmaslik uchun, ularning gapi bo‘yicha o‘rganish uchun zino qilsa gunohi kamroq bo‘lar emish. Shu ishning gunoh qanchalik? Javobingiz uchun oldindan tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Uch toifa jannatga kirmaydi: sharobxo‘r; qarindoshlik rishtalarini uzuvchi; sehrga eshonuvchi. Kim sharobxo‘r holda o‘lsa, Alloh azza va jalla uni G‘o‘ta daryosidan sug‘oradi». G‘o‘ta daryosi nima? deyishdi. «Fohishalarning farjidan oqib chiqadigan daryo, hidi do‘zax ahlini azoblaydi», dedilar».
Imom Ahmad rivoyat qilgan. Yana bir hadisda :
Samura ibn Jundab roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam namoz o‘qib bo‘lgach, bizga yuzlanib: «Sizlardan kim bu kecha tush ko‘rdi?» der edilar. Biron kishi ko‘rgan bo‘lsa, hikoya qilib, Alloh xohlaganicha aytib berar edi. Bir kuni bizdan: «Sizlardan biron kishi tush ko‘rdimi?» deb so‘radilar. «Yo‘q», dedik. U zot dedilar: «Lekin men bu kecha ikki kishi oldimga kelib, qo‘limdan tutib, meni Muqaddas zaminga olib chiqqanlarini ko‘rdim. Qarasam, bir kishi o‘tiribdi, yana bir kishi qo‘lida temir ilgak bilan turibdi. – Ashoblarimizdan biri Musodan rivoyat qilib aytgan.* – U ilgakni lunjidan to gardaniga etib borguncha tiqar, so‘ngra narigi lunjiga ham xuddi shunday qilar, bu lunji(ning jarohati) bitgach, yana qaytib xuddi shunday qilar edi. «Bu nima?» dedim. Ikkalasi: «Yuring», deyishdi.
Biz yurib, chalqancha yotgan bir kishining oldiga etib bordik. Uning boshida bir kishi hovuchida tosh bilan yoki xarsang bilan turib, u bilan uning boshini yorar edi. Har urganida tosh dumalab ketardi. U uni olgani yurib borar, buning oldiga qaytgunicha uning boshi(ning jarohati) bitib qolar edi. Uning boshi asl holiga qaytgach, oldiga qaytib kelib, uni yana urar edi. «Bu kim?» dedim. Ikkalasi: «Yuring», deyishdi.
Biz yurib, tandirga o‘xshash yuqorisi tor, pasti keng chuqurning oldiga bordik. Uning tagiga o‘t yoqilar edi. U (olov) yaqinlashsa, ular (ichidagi odamlar) ko‘tarilar, hatto undan chiqib ketay deyishar, so‘nganda esa uning ichiga qaytishar edi. Unda yalang‘och erkak va ayollar bor edi. «Bular kim?» dedim. Ikkalasi: «Yuring», deyishdi.
Biz yurib, qonli daryoning oldiga keldik. Daryoning o‘rtasida bir kishi turar, (qirg‘oqdagi) bir kishining oldida esa tosh turar edi. Daryodagi kishi oldinga yurib kelar, endi chiqmoqchi bo‘lsa, narigi kishi uning og‘ziga tosh otib, uni turgan joyiga qaytarib yuborar edi. Har safar chiqaman deb kelganida uning og‘ziga tosh otar va u oldingi holatiga qaytib ketar edi. «Bu nima?» dedim. Ikkalasi: «Yuring», deyishdi.
Biz yurib, yam-yashil boqqa etib keldik. Unda bir azim daraxt bo‘lib, tagida bir qariya va bolalar bor edi. Qarasam, daraxtning yaqinida bir kishi olov yoqib turibdi. Haligi ikkalasi meni daraxtga olib chiqishdi va meni bir hovliga olib kirishdi. Bundan chiroylisini ko‘rmaganman. Uning ichida erkaklar, keksalar, yigitlar, ayollar va bolalar bor edi. So‘ngra ikkalasi meni u erdan chiqarib, daraxtga olib chiqishdi-da, yanada go‘zalroq va afzalroq bir hovliga olib kirishdi. Unda ham keksalar va yigitlar bor edi.
«Bu kecha meni sayr qildirdinglar. Endi ko‘rgan narsalarim haqida xabar beringlar», dedim. Ular: «Siz ko‘rgan lunji yorilayotgan (kishi) kazzobdir. U yolg‘on so‘zlaydi va (yolg‘onini) undan olib, barcha o‘lkalarga etkazib boriladi. Unga qiyomat kunigacha (shunday) qilinadi. Siz ko‘rgan boshi yorilayotgan (kishi) – Alloh Qur’onni o‘rgatgan, u esa tunda undan g‘ofil bo‘lib uxlagan, kunduzi esa unga amal qilmagan kishidir. Unga qiyomat kunigacha (shunday) qilinadi. Chuqurda ko‘rganlaringiz zinokorlardir. Daryoda ko‘rganingiz esa sudxo‘rlar. Daraxtning tagida ko‘rgan qariyangiz Ibrohim alayhissalomdir, atrofidagi bolalar – insonlarning zurriyotlaridir. Olov yoqib turgan esa jahannam qo‘riqchisi Molikdir. Siz kirgan birinchi uy barcha mo‘minlarning uyidir, mana bu uy esa shahidlarning uyidir. Men Jabroilman, bu esa Mikoil. Endi boshingizni ko‘taring», deyishdi. Boshimni ko‘tarib qarasam, tepamda xuddi bulutga o‘xshagan narsa turibdi. «Ana shu sizning manzilingiz», deyishdi. «Meni o‘tkazib yuboringlar, manzilimga kiray», dedim. «Sizning hali tugatmagan umringiz qolgan, tugatganingizda manzilingizga kelasiz», deyishdi». (“Oltin silsila” kitobidan). Vallohu a’lam.
30 Aprel 2022, 11:28 | Savol-javoblar | 184 | Turli savollar