Poklik va najosat

Assalomu aleykum, Muxtaram Shayx xazratlari, sizga savol bilan murojaat qilmoqdaman. 1) Qatrol haqida to‘liq malumot bering kiyimlar agar qatrolsiz bo‘lsa namoz o‘qish mumkun emasmi? agar mumkun bo‘lmasa biz hozirgidan ilmsiz bo‘lgan vaqtdagi namozlarimizni qazosini o‘qiylikmi? 2) So‘fi Olloyor xazratining asarlarini o‘qisak bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Qatrol, degan gap yo‘q. Siz qatronni e’tiborsizlik bilan eshitib noto‘g‘ri aytadigan va yozadigan bo‘lib olibsiz. Kiyimni qatron qilinmaydi. Kiyimni yuvib, undagi najosatni ketkazilsa bo‘ldi. Boshqa hech narsaning keragi yo‘q.2. So‘fiy Allohyorning asarlarini o‘qisa bo‘ladi.

30 Aprel 2022, 11:28 | Savol-javoblar | 146 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar