Eski qabr
Assalomu alaykum! Biz yashaydigan erda musulmonlarni eski qabristoni bor, xozirda yangi mayitlarni eski qabrlarni ustidan kovlanib qo‘yiladi. Ko‘pincha eski odam suyaklari chiqadi. Suyaklarni yig‘ilib qabrni bir chekkasiga ko‘miladi. Bazida yangi marxumning oila azolari bunga ko‘nmaydi va suyaklar boshqa joyga ko‘miladi. Bu ish qanchalik to‘g‘ri? Suyaklarni o‘z qabriga ko‘mish kerak emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida mayyitning hamma narasasi chirib tuproqqa aylanib ketguncha qabrni ochishga ruxsat yo‘q. Tajribadan kelib chiqib mayyit chirib ketadigan muddat o‘tgandan keyin ochsa bo‘ladi. Agar qabr ochilganda oldingi mayyitning suyaklarini topilsa, qabrning bir tarafiga surib bu tarafiga yangi mayyit qo‘yilsa bo‘ladi. Lekin suyaklarni boshqa erga ko‘chirish harom hisoblanadi. Faqat zarurat yuzasidan qilish mumkin. Yangi mayyitning egalarining xohishi zarurat hisoblanmaydi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 09:37 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar