Alloxumma antas salom duosi

Assalomu alaykum! Allohumma antas Salom duosi sunnat namozlarida xam o‘qiladimi? Men faqat farz namozlaridan keyin o‘qiyapman. Lekin telegrammdagi bir saytda “5 maxal namoz o‘qiydigan odam bir kunda 13 marta Allohumma antas Salom... ni o‘qiydi” deganini o‘qib qoldim. Ushbu duo xaqida malumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘qilmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam faqat farzdan keyin o‘qiganlari rivoyat qilingan. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 12:11 | Savol-javoblar | 228 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar