Kitob yozish
Assalomu alaykum! Mening bobom qisqa umr ko‘rganlar (32 yoshida vafot etganlar). Ular Ikkinchi Jahon urushiga ketib, u erda fashistlarga qarshi janglarda ishtirok qilganlar, ammo fashistlarga asrga tushib, u kishida turli kasalliklarni sinashgan. Ammo shunga qaramay Allohning izni bilan asrlikda o‘lmaganlar. Sovetlar lagerlarnii ozod qilib, uylariga qaytganidan so‘ng ana shu kasallik sababidan jon berganlar. Ana shu qisqa hayotlarini badiiylashtirib, ya’ni biroz badiy to‘qimalarni qo‘shib kitob yozsam bo‘ladimi? To‘g‘ri bu to‘qima hodisalar bobomizning hayoti davrida ro‘y bermagandir, ammo ular ana shu davrda yashaganlar bilan bo‘lgan va buni oilamizning avlodlariga, farzandlarimizga bildirish maqsadida qilmoqchi edim. Oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Dunyo va oxiratingizga foydali bo‘lgan ish bilan shug‘ullanganingiz ma’qul. Agar bobongizning hayotlaridagi bo‘lib o‘tgan haqiqiy voqealardan ibratlilarini yozsangiz zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:04 | Savol-javoblar | 172 | Dolzarb savollar