To‘yi buzilsa nima bo‘ladi?
Assalomu alaykum! Ustozlar, bir o‘rtog‘im bir qiz bilan gaplashardi o‘rtogim o‘sha qizni uydagilarga sovchi yuborgan qizni uydagilari rozi bo‘lgan faqat opachasini uzatgandan keyin beramiz degan. o‘rtog‘im qiz bilan ko‘p uchrashadi, qizni ham yigitni ham uydagilar ota-onasi bularni uchrashayotgani gaplashayotganini uydagilar biladi. shunda o‘rtog‘imga qilayotgan ishlaring gunoh deb aytdim shunda o‘rtog‘im nikohlab olsanmi dedi men javob bermadimda ustozlardan so‘rab ko‘ray dedim. ustoz ular nikoh qilsa bo‘ladimi va ertaga nikohlab olgandan keyin to‘yi bo‘lmay ajrab ketsa nima bo‘ladi? Hozir bunday buzilib ketishar ko‘p. Savolim noo‘rin bo‘lsa meni kechiring, javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ko‘rishayotgani va gaplashayotganidan xabari bo‘lgan ota-onalari bilan maslahatlashishsin. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 13:28 | Savol-javoblar | 164 | Oila va turmush