Janoza namozidagi duo

Assalomu alaykum! Janoza namozidagi uchinchi takbirdan keyin qaysi duo o‘qiladi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalo imomdan tashqari har bir janoza o‘quvchi zimmasiga imom takbir aytganidan keyin o‘zi eshitadigan darajada “Allohu akbar” lafzini aytishi farz ekanligini bilishi kerak. Chunki bu to‘rt takbir to‘rt rak’at o‘rnidadir. Birortasi qolsa janoza namozini o‘qigan hisoblanmaydi. Siz so‘ragan duo quyida: اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِحَيِّنَا وَمَيِّتِنَا، وَشَاهِدِنَا وَغَائِبِنَا، وَصَغِيرِنَا وَكَبِيرِنَا، وَذَكَرِنَا وَأُنْثَانَا. اللَّهُمَّ مَنْ أَحْيَيْتَهُ مِنَّا فَأَحْيِهِ عَلَى الْإِسْلَامِ، وَمَنْ تَوَفَّيْتَهُ مِنَّا فَتَوَفَّهُ عَلَى الْإِيْمَانِ. اللَّهُمَّ إِنْ كَانَ مُحْسِنًا فَزِدْ فِي إِحْسَانِهِ، وَإِنْ كَانَ مُسِيئًا فَتَجَاوَزْ عَنْ سَيِّئَاتِهِ «Allohummag‘firli hayyinaa va mayyitinaa va shaahidinaa va g‘oibinaa va sog‘iyrinaa va kabiyrinaa va zakarinaa va unsaanaa. Allohumma man ahyaytahu minna fa-ahyihi ’alal islam va man tavaffaytahu minna fatavaffahu ’alal iyman. Allohumma, in kaana muhsinan fazid fiy ihsaanihi va in kana musiyan fatajavaz an sayyiaatihi». Ma’nosi: «Allohim, tirigu o‘ligimizni, hoziru g‘oyibimizni, kichigu kattamizni, erkagu ayolimizni mag‘firat qil! Allohim, kimimizni hayotda qoldiradigan bo‘lsang, uni Islomda qil, kimimizni o‘ldiradigan bo‘lsang, uni iymon bilan vafot ettir. Allohim, agar yaxshi kishi bo‘lsa, yaxshiligini ziyoda qilgin. Agar yomon kishi bo‘lsa, yomonliklaridan o‘tgin». Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 13:28 | Savol-javoblar | 183 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar