Ichki kiyimdagi najosat

Assalomu alaykum! Ustozlar, ichki kiyimga maniy, maziy, vadiy yoki peshob tegsa va ichki kiyimning narigi tomoniga ham namlik o‘tsa, shu holatda shalvar yoki shimga ham najosat tegdi deyiladimi? Namoz o‘qish joizmi? Bunda namlik, juda ham sizib chiqib shim yoki shalvarni ham nam qilgani yo‘q.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu tekkan najosatning miqdoriga bog‘liq. Agar katta piyolaning orqasi kengligicha yoyilgan bo‘lsa, namoz o‘qish joiz emas. Undan kichik joyga yoyilgan bo‘lsa, joiz. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 14:27 | Savol-javoblar | 182 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar