Parpiota ziyoratgohi

Assalomu alaykum! Olmaliqda Parpiota nomli ziyorat joyi bor. U erda joyni egalari xar doim supirib tozalab qarab ziyoratga kelganlarga Qur’on tilovat qilib erkak kishi o‘tiradi. Shu joyga odamlar ziyoratga borishadi biz xam, odamlar qo‘ylar so‘yib ziyoratlar qilishadi. Bu ishlar bid’at emasmi? Aytishlaricha shu erdan davlat foydalanish uchun tekislamoqchi bo‘lishganda texnikalarni er yutib ketgan emish. Shu xaqda sizlarda ma’lumot yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu noto‘g‘ri ishlardir. Chunki hatto Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qabrlarini ziyorat qilishda ham oldilariga borib salom berib qaytilinadi xolos. Agar bola so‘rash, hojatini so‘rash, birortasiga atab qo‘y va boshqa jonliq so‘yish kerak bo‘lsa eng loyig‘i Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bo‘lar edilar. Holbuki shariat bunday qilishlarini harom qilgan.  Sizlarga aytgan gaplari afsonadan boshqa narsa emas. Kim ham tirikchiligidan mahrum bo‘lishni xohlaydi. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing. https://fiqh.uz/maqola/432

30 Aprel 2022, 14:35 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar