Payg‘ambarimiz Muhammad (SAV) haqlarida
Assalomu alaykum! Dunyoviy (ko‘proq)ilmiy kitoblarni yoshligimdan juda ko‘p o‘qib kelaman. Yoshligimda buvim bilan katta bo‘lganligim uchun namozni o‘z vaqtida o‘qirdim, keyinroq turmushga chiqdim. Turmush o‘rtog‘im dindan uncha xabari yo‘q inson ekanlar. Yashirmayman farzand va uy yumushlari tashvishi bilan namozni o‘z vaqtida o‘qimay qo‘ydim. Endi mana yana o‘qishni boshladim, lekin bundan 3-4 oycha muqaddam Umar Xayyom xaqida kitob o‘qib qoldim (rus tilida) o‘sha kitobda payg‘ambarimiz xaqida juda ko‘p yomon gaplar yozilgan ekan. Shu naosalarni esimdan chiqarlmayapman. Namozdan keyin salovatni chin dildan ayta olmayapman. Nima qilsam bo‘ladi? Payg‘ambarimiz xaqida yana qanday diniy kitoblar mavjud?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! U Umar Hayyomning kitobi emas. Din dushmanlari o‘zlari e’tirof qilib tan olishdi. Musulmonlarga dushmanni o‘zlaridan chiqarish uchun Umar Hayyom nomidan boshqa shoirni she’rlarini va o‘zlari to‘qigan narsalarni kitob qilib ommaga tarqatishgan. Tabiyki u qancha milionlab musulmonlarning e’tiqodini shubhalantirishga va siz kabi holatlarga tushirishga sabab bo‘lmoqda. Shuning uchun unaqa kitoblarni o‘qimay, o‘rnida yoqib yuborish kerak. Qarang, bir bor kanalizatsiyaning ichiga qarab qo‘ysangiz necha kun tabiatingiz xira bo‘lib, burningizdan hidi ketmayotganga o‘xshaydi. Buzuq kitob, yomon do‘st, bema’ni tomoshalar ham shunga o‘xshaydi. Siz "Hadis va Hayot" kitobini “Olamlarga rahmat payg‘ambar” 19-juzini o‘qing. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:41 | Savol-javoblar | 161 | Islam