Tug‘ilgan kunda ro‘za tutish

Assalomu alaykum! Oilamda yaqinlarimni birontasini tug‘ilgan kuni bo‘lib qolsa. Shu kuni tug‘ilgan kun bo‘lgan odam ham, qolgan oila a’zolar ham shukrona ro‘zasini tutib, iftorlikni go‘zal holatda tashkil qilib, og‘iz ochish vaqtida hamma shu tutilgan ro‘zani savobini tug‘ilgan kuni bo‘layotganga bag‘ishlasak, ro‘za uchun Alloh tomonidan beriladigan ajr bu dunyodagi boshqa millatlarni udumi bo‘lgan moddiy qimmatlikka ega bo‘lgan sovg‘adanda behisob darajada afzal deb o‘ylayman. Bu udum bilan oilamdagilarni ruhiy tarbiyasini ham shakllantirib borgan bo‘lar edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu kabi bema’ni ishga hojat yo‘q. Boshqa kunlardan ko‘nglini oladigan ishni qilib qo‘yavering. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:53 | Savol-javoblar | 135 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar