Taxoratdan ba’zi savollar
Xurmatli ustoz sizga kuyidagi savollarim bor edi.1.Taxorat vaktita yuzni koplab turgan sakolni kismiga masx tortish farz deyilgan.Agar yuzni yuvganda shu sakol usgan joyni ustidan suv yugurtursa masx urnida buladimi?Yuzdan pastga tushib turgan sokolni oralariga xar yuz yuvgandan keyin barmoklarni tikib oralatish bu sunnat amalmi?Ya’ni sokolni yuzdan pastga tushgan kismiga masx kilish farz emasmi?2.Taxoratda kul va oek yuvganda barmoklarni bir biriga kiritib ular orasiga suv etkazishda(adashmasam bu narsa barmok oralarini xilol kilish deyiladi) maxsus usul bormi eki xamma xoxlagan barmoklarni ishlatib kilsa bulaveradami?Asosiysi barmoklar orasiga suv etsa bulganimi?3.Shariat kitoblarida istinjo kilgan joyda taxorat kilish makrux deyilgan.Ammo xozirgi uylardagi vannalar ichida xam istinjo,xam taxorat va xam gusl kilishga tugri keladi.Xozirgi zamonaviy vannalar ichida bu ishlarni kilish makrux emasmi?Javoblaringiz uchun oldindan raxmat.Allox :jj sizdan rozi bulsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. «Ikki labning va burunning ust qismlari ham yuzdan hisoblanadi. Qosh, kiprik, mo‘ylab, yuzdagi qillar, pastki labning o‘rtasiga chiqadigan junlar va soqolning yuzdagi qismini yuvmoq ham farzdir».Soqol o‘ta qalin bo‘lsa, unga ham mash tortiladi. Soqol siyrak bo‘lsa, yuzga qo‘shib yuvilishi ma’lum va mashhur.Soqolning yuzdan pastini va barmoqlarini taxlil qilmoq sunnatdir. Taxlil qilish, barmoqlarni bir biriga yoki soqolga kiritish bilan bo‘ladi.Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam qachon tahorat qilsalar, kaftlariga suv olib, jag‘lari ostiga kiritar va u bilan soqollarining orasiga suv etkazar va «Robbim meni shundoq qilishga amr qilgan», der edilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.2. - Mazkur ishni «taxlil» deyiladi va undan maqsad suv etmay qolish ehtimoli bor joylarga suv etkazish.3. - Makruh emas. Chunki u joylarga najosat to‘planib qolmaydi. Balki doim oqib ketadi.
21 Aprel 2022, 06:09 | Savol-javoblar | 180 | Boshqa ibodatlar