Qur’on yoki ish
Assalomu alaykum! Men o‘tgan yili sirtqi ta’limga o‘qishga kirdim va juda xursand bo‘ldim. Sababi, yilda 2 marotaba o‘qib qolgan vaqtlarda Qur’on va arab tilini o‘rganishimga keng imkoniyat deb bildim. Biroq, har safar buvim va bobomlarning uyiga borsam, ular meni ishga kirgizishmoqchi bo‘lishadi. Men esa, hozir ilm olyapman ishga kirmoqchi emasman deyman va ular bu gapimni dadamga aytishibdi(dadam hozir Rossiyada). Dadam, buvam va bobom meni Qur’on o‘rganishimga, ro‘mol o‘rashimga qarshi. Dadam Rossiyaga ketganda bildirmay ro‘molga kirgandim, lekin yaqinda kimdandir eshitib, telefon orqali menga qattiq gaplarni aytdi. Endi bo‘lsa, meni ishga kirgizishmoqchi. Yana dadam telefon qilib "qaerdagi eskichani o‘rganib miyyangni buzma(Astag‘firulloh), takasaltang bo‘lib yurmay ishga kir" dedi. Yo Universitetni tanla yoki Qur’onni tanla dedi. Agar ishlasam Qur’on ilmidan to‘silaman, qolaversa meni ishga olib kirmoqchi bo‘lgan erlarida ro‘molga ta’qiq bor. O‘zimga qolsa Qur’onni tanlayman, albatta, lekin bu tarafda dadamga ham qarshi borolmayapman. Iltimos, domla menga shu masalada yordam bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-onaning farzand zimmasidagi haqlari juda ulug‘dir. Farzand ular uchun borini berib xizmat qilsa ham haqlarini ado qila olmaydi. Ularning roziligiga erishish farzandning oxiratda najot topishiga sabab bo‘ladi. Ammo, agar ota-ona farzandni ma’siyatga buyursa, farzlarni tark qilishga undasa, farzand bu masalada ularga itoat qilishi lozim bo‘lmaydi. Satri avratni tark qilmagan holda, ota-onangiz istagan yumushlarni bajarib, ularning roziligini olishga harakat qilishingiz to‘g‘ri bo‘ladi. Qur’on ilmini o‘rganish istagida ekansiz, buni ham boshqa ishlar bilan birga amalga oshirishning imkoni bor. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 10:37 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar