Dam soluvchining holati

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bilmaganlarimizni o‘rgatayotganlaringiz uchun sizlarga rahmat. Savolim quyidagicha: Biz tomonda dam soluvchi kishi bor. U kishi oldiga odamni o‘tkazib ichida bir narsalarni o‘qiydi. Keyin pichoq va kaltak bilan odamni xamma joyiga urib chiqadi. Oxirida qo‘lidagi qulf-kalitni shiqirlatib bir narsalarni pichirlab o‘qiydi. Oldida Qur’on ochilgan xolatda turadi. Bu narsani dinimizga aloqasi bormi? Javobingiz uchun oldindan tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Buni dinga aloqasi yo‘q. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 15:12 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar