Erning xizmatimi yoki namoz?
Assalomu alaykum! Bir opamiz yaqinda ibodatga kirganla. 5 mahal namoz o‘qiydila. Erlari kun mobaynida ishidan ko‘p marotaba keladi. Erlari kegan vaqtda namoz vaqti kirib qolsayu avval erlariga qarab namozni sal kechiktirib o‘qiyman desala erlarini jahli chiqarkan. “Man borligimda mani oldimda o‘tir. Man borligimda manga qara keyin ibodatini qilasan” derkan. Lekin erlari kun davomida juda ko‘p martta kelib ketadi. Namoz vaqtida namoz o‘qib o‘tirsalayam telefon qisala omasa erlari jahl qilib “Avval mani rozi qil bo‘masa namozlaring qabul bo‘lmaydi” derkan. Xullas namoz vaqtida erini aytganini ya’ni oldimda tur, manga qara uni qiber buni qiber qilishlari kerakmi yoki birinchi farz namozlarini ado qilish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Eri avval Allohni rozi qilsin. Allohning nazdida roziligi e’tiborga olinadigan insonga aylansin. Keyin xotinidan haq talab qilsin. Farz borasida erni aralashishga hech qanday haqqi yo‘q. Ammo ayol kishi ishni silliq bitirishga harakat qilsin. Boshni devorga urilganda boshni yorilgani qoladi. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 15:12 | Savol-javoblar | 164 | Namoz