Ruxiy kasal er uch taloq qo‘ysa

Assalomu alaykum! Bir yoshi katta namozxon ayol oila qurganiga 34 yil bo‘lgan ekan. Turmush o‘rtoqlari 21 yildan buyon juda qattiq ruhiy kasal, ba’zan kasali xuruj qilganda 3 taloqsan derkan, o‘ziga sal kelgandan so‘ng bu gaplarni gapirmadim der ekan. Ularning 4 farzandlari bor. Ayol eridan voz kechmay kasal bo‘lsa ham erini yaxshi ko‘rib qarab yashar ekan. Vijdoni qiynalyapti ekan. Nikohlari buzilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jinnining talog‘i o‘tmaydi degan qoida bor. Gohida jinni bo‘lib, gohida o‘ziga keladigan bo‘lsa jinnilik holatdagisi o‘tmaydi, o‘ziga kelgan holatdagi talog‘i o‘tadi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 00:56 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar