Europada foiz va kredit

Assalomu alaykum, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf janoblari,ilmingizni Alloh ziyoda qilsin. Uzbekiston musulmonlariga qilayotgan xayrli ishlaringizda Alloh madadkor bulsin.Europada, musulmonlar kamligini xisobga olib bu erda foiz ishlari bilan shugullansa bularkan deb bazi musulmonlar takidlashdi. Qanaqadir ibora ishlatisharkan, musulmonlar kam bulgan yurtni. Shuning uchun banklardan kredit olib uy, yoki moshina olishlarni yulga quyib olishgan kupchilik musulmonlar. Uylab qoldim nahotki shu tugri bulsa?! Ovqatlarni eyishda xam uni surishtirmasdan esa buladi deyishadi, chunki gushtni xaromligiga fatvo kerak, yani fatvo bulsa eb bulmaydi deyishadi. Xadeb qanaqa qaerda kim suygan gaplar qilmaslik kerak deyishadi. Oldindan raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ulmolar musulmonmas tarb davlatlarida yashayotgan musulmonlarga istisno tariyqasida faqat uy olishda riboli qarz olishga ruxsat berganlar. Chunki bundan boshqa yo‘l bilan ular uyli bo‘lishlari mumkin emas. Boshqa ishlarda ruxsat yo‘q. Oziq-ovqat masalasida ham halolini topishb eyish kerak. Siz aytgan gaplar asossiz.

30 Aprel 2022, 15:42 | Savol-javoblar | 153 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar