Savdo xaqida

Assalomu alaykum! Metall mahsulotlar sohasida ishchi bulib ishlayman oylik olaman, xujaynim menga qo‘shimcha daromadga ega bulishim uchun: agar maxsulotimizga mijoz topsam 1090 so‘m sotiladigan maxsulotimizni manga 1085 so‘mga deb, qolgan foydani o‘zinga desalar bu ish bilan shug‘ullanishim joizmi? Axamiyatli jixati men o‘zim sotib olib keyin sotmayapman (chunki katta miqdor) mijozga sotish jarayonida foyda ko‘raman, shu xalolmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingizda yo‘q narsani sotishingiz mumkin emas. Xo‘jayningizning nomidan vakil bo‘lib sotib berishingiz va bu uchun haq olishingiz joiz. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing:https://fiqh.uz/maqola/602

14 May 2022, 13:08 | Savol-javoblar | 155 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar