Namozdagi yomon xayollar haqida

Assalomu alaykum!  Hurmatli ustozlar,  Allohga shukurki iymonimni kuchaytirishga harakatni boshlab, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlariga amal qilishga bel bog‘ladim. Afsuski namoz paytida xayolimga har xil hayollar kelib qovotti (asosan behayo xayollar) shu holatga qanday echim bor? Qanday davolasam bo‘ladi o‘zimni? Shu holat namozni buzadimi? Namozdan tashqari holatlarda ham shu xayollar kelganda gunohkor bo‘lib qolmaymanmi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yomon xayollar qorindagi elga o‘xshaydi. Qorindagi ellar tashqariga chiqmagunicha tahoratni sindirmaganidek, yomon xayollar ham gapirilmasa yoki unga amal qilinmasa zarari yo‘q. Siz hazratimiz rahimahullohning “Ruhiy tarbiya” nomli kitoblarini o‘qing. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 16:02 | Savol-javoblar | 170 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar