Boshqa din vakillaridan pul olish

Assalomu alaykum! Ustozlar, qo‘shnim xizmat bilan uyiga chaqirdi. Texnikasi buzilib qolibdi. Men uni arzimas mehnatim bilan tuzatib berdim. U menga 20000 so‘m xizmat xaqqi berdi. Men rad etsam ham sen o‘quvchisan olib qo‘y dedi. Bu qo‘shnim o‘zi rus hamda boshqa din vakili. Savollarim shuki Men undan pul olsam joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shariatimiz boshqa din vakillari bilan go‘zal muomalada bo‘lishga chaqiradi. Ularga hadya berish, ularning hadyasini olish ham joiz. ularning ishlarida yordam berib xizmat haqi olish ham joiz. Faqat kufr va shirk ishlarida yordam berish joiz emas. Masalan ularni taqib yuradigan xochlarini yasash va shirk keltiradigan ibodatxonalarini qilib berish va ular evaziga haq olish joiz emas. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 02:28 | Savol-javoblar | 139 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar