Oila ichida kelin va farzandlarining o‘rni

Assalomu alaykum! Kelin va kuyov shaharda talaba bo‘lgani uchun shaharga kelib yashashga majbur bo‘ladi. Qaynona kelinning seplarini olib ketib ishlatishiga ruxsat bermaydi. Yiliga kelin kuyovsiz 3-4 oylab qaynonasining xizmatini bajaradi. Qaynona, 3 qaynisingil, qaynisi tomonidan kelin zulmlarga chidab keladi. Er-xotin 10 yil davomida begonalarning uyida tursa ham, o‘zining farzandlarining rizqidan tegib kuyovning ota-onasiga nisbatan o‘z burchini bajarib kelgan. Singillarini va erning ukasini o‘qitib, singillarning sep va to‘y xarajatlarini ko‘tarib kelgan. Ular tomonidan esa zulm harakatlar to‘xtamaydi. Turmushning 20-yilida ayol 4-farzandini dunyoga keltiradi. Qaynona bunga: “Voydod o‘g‘limni pulini sarflash uchun yiliga tug‘adi”deb kelinini va uning onasini haqoratlaydi. Shundan keyin ayol eriga: “Bas, siz o‘z farzandlik burchingizni bajaravering, men onalik burchimni bajaraman uning uchun sog‘liq kerak”deydi. 3 yil kelin qaynonasi bilan aloqa qilmaydi. Qaynona nevarani ko‘rgisi yo‘q. Shu holatda kelin gunohkormi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! https://savollar.islom.uz/savol-26334/#comment-7043

26 May 2022, 16:50 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar