Mazkur biznes ribomi?
Assalomu alaykum! Hurmatli sayt ijodkorlari ishlaringizga rivoj tilagan holda sizlardan bir narsani so‘ramoqchi edim. Men talabalik vaqtimda bir o‘rtog‘im bilan kompyuter xizmatlari(kserokopiya, raspechatka) ko‘rsatadigan kichik bir biznes ochdik. Barcha kerakli anjomlarni qarz ko‘tarib sotib oldik. Birgalikda bir yarim yil ishlatib qarzlarni ham to‘lab daromadga kirdik. O‘qishni tugatib ishga kirganimiz sababli biznesni boshqa bir kishiga ishlatishga berdik. Ishchi hozir barcha xarajatlarni o‘z hisobidan qiladi va biz ham uning ishiga umuman aralashmaymiz, lekin ichidagi barcha narsa bizga tegishli, u erni bir yarim yil davomida ishlatib mijozlarni o‘rgatib daromad keltiradigan joyga aylantirdik. Ancha ter to‘kdik. Hozir ishchi topgan daromadidan joyning egasiga ijara haqini beradi va bizga ham ma’lum (o‘zgarmas) miqdorda pul beradi. Qolgan pul o‘ziga qoladi. Ya’ni bunda ijara haqi va bizga bergan puldan tashqari qancha pul topsa ham o‘ziga oladi. O‘zi ham bunga rozi bo‘lib ishga kirgan. Mana shu tarzda topgan pulimiz halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizlarning ishingiz o‘sha kompyuterlarni ijaraga berish hisoblanadi. Bu shar’an joiz. tushayotgan pulni halol yoki halolmasiligi kompyuterlarda qilinayotgan ishlarga bog‘liq. Joiz ishlar bo‘lsa halol nojoiz ishlar bo‘lsa halol emas. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 18:13 | Savol-javoblar | 140 | Moliya va tijorat