Nikoh buzilishi
Assalomu alaykum! Onam dugonalarining qiziniga uylanmoqchiman ammo u qizga mandan oldin sovchi kelganida rozi bo‘lishgan. Nomahram holatda gaplashmasliklari uchun to‘ydan avval nikohlab qo‘yilgandi hamma narsa aniq qilib to‘y kuni ham belgilangan edi. To‘y qilinmasa ham nikoh o‘qitilgan bo‘lsa ular er-xotin hisoblanishadi, ammo ular birga yashashmagan telifon orqali aloqa qilib turishgan. Ammo bazi sabablarga ko‘ra to‘y to‘xtadi va nikoh buzildi. Ularning nikohi buzilganini bilaman ammo bu uchun yigit qizga 3taloq deganmi yo‘qmi bilmadim. Agar hali birga yashamagan bo‘lsa ammo nikoh o‘qilgan bo‘lsa ham ularning nikohi buzilishi uchun u yigit 3 taloq qilishi kerakmi? Bu qiz eridan ajrashgan ayol kabi idda saqlashi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uch taloq emas bir taloq qilishi ham kifoya qiladi. Ammo albatta taloq qo‘yishi kerak. Idda o‘tirishi uchun ikki ishdan biri sodir bo‘lgan bo‘lishi kerak.1). Yaqinlik. Ya’ni er-xotinlik aloqasi. 2). Shu yaqinlik qilishga to‘liq sharoit bor holda bir joyda ikkisini holi qolishi. Buni xilvati sahiha deyiladi. Agar bu ikkisidan birortasi ham bo‘lmasa idda o‘tirish shart emas. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 13:57 | Savol-javoblar | 174 | Oila va turmush